5
Rossiya banki rublning qulashi fonida 2024 yil oxiriga qadar valyutalar xarididan voz kechdi
Foto: EPA/Vostock-photo
Rossiya Markaziy banki 28 noyabrdan 2024 yil oxiriga qadar ichki valyuta bozorida chet el valyutasi xaridini to‘xtatadi.
Regulyator press-relizida aytilishicha, ushbu qaror «moliyaviy bozorlarning o‘zgaruvchanligini kamaytirish maqsadida» qabul qilingan. Shu bilan birga, RF Markaziy banki Milliy farovonlik jamg‘armasi mablag‘larini to‘ldirish va ulardan foydalanish doirasida chet el valyutasini sotish bo‘yicha operatsiyalarni davom ettiradi.
Ichki valyuta bozorida faoliyatni qayta tiklash to‘g‘risidagi qaror regulyator tomonidan «moliya bozorlaridagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda» qabul qilinadi. «Kechiktirilgan xaridlar 2025 yil davomida amalga oshiriladi», — deyiladi bank xabarida.
Rubl kursi 2024 yil avgustdan boshlab sezilarli darajada kuchsizlana boshladi. 27 noyabr kuni u dollar va yevroga nisbatan 9 foizga arzonlashdi. Forex birjadan tashqari valyuta bozorida yevro kursi 120 rubldan, dollar kursi esa 114 rubldan oshdi — bu 2022 yilning martidan birinchi marta kuzatilmoqda. RF Markaziy banki press-relizi e’lon qilinganidan keyin rubl nisbatan mustahkamlanishni boshlagan.
Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan yevroning rasmiy kursi 113 rublni, dollar kursi esa 108 rublni tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Qurolli kuchlari komandiri mojaro haqida dahshatli prognoz qildi
Turk aktyorlarining tomoshabinlar yodida qolgan eng mashhur rollari
Shahram G‘iyosovning Eymantas Stanionisga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Ro‘ziqul Berdiyev: "12 ta mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandik, hozir esa ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyat"
2025 yili 2 mln gektardan ziyod yerda meva-sabzavot, dukkakli va poliz mahsulotlari ekiladi