Foto: “TASS”
Rossiya Ukraina bilan 630 nafar harbiy asirni almashishga va keyingi almashuvlarni boshlashga tayyor, deya Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova xabar berdi.
“Hozirgi ro‘yxatga 630 nafar ukrainalik harbiy asir kiritilgan bo‘lib, Rossiya ularni paritet shartlarda darhol Kiyevga topshirishga tayyor. Moskva rossiyalik harbiylardan qaysi birini almashishni Ukraina ixtiyoriga havola qiladi”, dedi u va har bir harbiy xizmatchining qaytishi bir xil darajada muhimligini tushuntirdi.
Vazirlik vakili yana bir bor Ukraina tomonining pozitsiyasini tanqid qilib, Kiyev o‘z vataniga qaytgan xodimlarni, Yelenovkadagi tergov izolatoriga hujum vaqtida yoki Il-76 halokatida halok bo‘lganlarni topshirishni so‘rayotganini ma’lum qildi.
Zaxarova noyabr oyi boshida Kiyevga 935 nafar ukrainalik harbiy asirni topshirish taklifini e’lon qilgan edi.
Tomonlar o‘rtasida harbiy asirlarning so‘nggi almashinuvi 18 oktyabr kuni “95 ga 95” formatida bo‘lib o‘tdi. BAA vositachi sifatida ishtirok etdi.
“2022 yildan 2024 yilning hozirgi muddatiga qadar 45 ta asirlar almashinuvi amalga oshirildi, har ikki tomondan 3 mingga yaqin harbiy xizmatchi o‘z vatanlariga qaytdi”, deya qayd etdi Zaxarova. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Bog‘, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlovchi hujjat loyihasi ishlab chiqildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Britaniyada davlat idoralari o‘z xodimlariga mamlakat bo‘ylab parvozlarni taqiqlashni boshladi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
AQSHda amaldorlar Tramp tufayli ommaviy ravishda xususiy sektorga ketib qolmoqda
Netanyaxu Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi