Rossiya prezidenti Vladimir Putin so‘nggi vaqtlarda dollarga nisbatan keskin arzonlab borayotgan rubl kursi masalasida to‘xtaldi.
"Rubl kursi bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostida, vahima qilishga asos yo‘q", dedi Vladimir Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rubl kursining o‘zgarishi ko‘plab omillar, jumladan, budjet to‘lovlari va neft narxi bilan bog‘liq. Rossiya bankining 8,5 foizlik inflyatsiya ma’lumotlari haqiqiy, dedi Vladimir Putin. Uning ta’kidlashicha, asosiy stavkani oshirishdan tashqari, inflyatsiyani sekinlashtirish vositalari mavjud, ammo yakuniy qaror Markaziy bank tomonidan qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 1 AQSH dollari 110 Rossiya rubligacha miqdorda baholanmoqda. Donald Tramp AQSH saylovlarida g‘alaba qozongach, dunyo bo‘ylab dollar kursi mustahkamlana boshladi.
28 noyabrdan boshlab Rossiya Markaziy banki yevroning rasmiy kursini 113 rublga, dollar kursini esa 108 rublga oshirdi. Bundan holat 2022 yil 17 martdan buyon kuzatilmagan. Rossiya Markaziy banki Moliya vazirligining budjet qoidasini amalga oshirish bilan bog‘liq muntazam operatsiyalarini aks ettirish doirasida yil oxirigacha ichki valyuta bozoridan chet el valyutasini xarid qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi