Foto: Google Images
Daniyada shifokorlarning bemorlarga tibbiy nasha yozishiga ruxsat beruvchi vaqtinchalik qonun endi doimiy bo‘ladi. Qirollik Ichki ishlar va sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, parlamentdagi aksariyat partiyalar bunga rozi bo‘lgan.
2018 yildan beri shifokorlarga ushbu preparatni buyurishga ruxsat berilgandi. Bundan maqsad, boshqa dori-darmonlarni sinab ko‘rgan va yaxshilanishni boshdan kechirmagan, kuchli og‘riq his qilayotgan bemorlarga nasha iste’mol qilish imkoniyatini berish edi.
Gap keng yoyilgan skleroz, orqa miya jarohati, saraton yoki surunkali og‘riqli bemorlar haqida ketmoqda.
“Ko‘pchilik tibbiy nasha iste’molidan keyin ahvoli yaxshilanganini his qiladi, og‘riq yoki ko‘ngil aynishi ancha kamayadi", deb tushuntirdi Ichki ishlar va sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Sofi Leyode, “Parlament partiyalari o‘rtasidagi kelishuv tufayli, boshqa dori vositalaridan qoniqarli natijalar ololmagan bemorlar endilikda xavfsiz muhitda tibbiy nasha olishi mumkin bo‘ladi”.
Daniyadagi ba’zi shifokorlar vaqtinchalik qonunni tanqid qilishdi va ruxsat berilgan bo‘lsa ham bemorlarga nasha buyurmadi. Ularning ta’kidlashicha, bemorlar preparatning oqibatlari va nojo‘ya ta’sirlari haqida yetarli ma’lumot ololmaydilar.
Foto: Google Images
Joriy yilning 16 avgustida Ukrainada tibbiy nashani qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonun kuchga kirgandi.
Tibbiy nasha navlari politsiya kirishi mumkin bo‘lgan issiqxonalarda yetishtiriladi. Qonun har bir o‘simlik, qayta ishlangan mahsulot partiyasi, qadoqlangan mahsulot birligi va nasha asosidagi dorivor mahsulotning o‘rami noyob elektron identifikator bilan belgilanishini nazarda tutadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?