Foto: AFP
Gruziya poytaxti Tbilisida 28 noyabr kuni tunda norozilish namoyishlari avj oldi, unda mamlakat prezidenti Salome Zurabishvili ham ishtirok etdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Namoyishchilar Gruziya parlamenti binosi oldida to‘plangan, politsiya xodimlari bilan to‘qnashuvlar yuz bergan. Politsiya parlamentga kirmoqchi bo‘lgan namoyishchilarni siqib chiqargan. Huquq-tartibot idoralari qalampir gazidan foydalanishga majbur bo‘lgan. Namoyishchilarning ayrimlari hibsga olingan. Gruziya prezidenti namoyishchilarga qo‘shilgan. U hokimiyatni takroriy parlament saylovlarini o‘tkazishga chaqirgan.
Namoyishga nima sabab bo‘ldi?
Foto: AFP
Tbilisidagi namoyish bosh vazir Irakliy Koboxidze hukmron “Gruzin orzusi — demokratik Gruziya” partiyasi 2028 yil oxirigacha Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni muhokama qilmasligi va hamjamiyatning barcha budjet grantlaridan voz kechish qaroridan so‘ng boshlandi.
Koboxidze ta’kidlashicha, bunga Yevropa ittifoqining muzokaralarni boshlash masalasida doimiy ravishda tazyiq o‘tkazishi, parlament qabul qilgan bir qator qonunlarni bekor qilishni talab etishi hamda Gruziya hukumatiga nisbatan sanksiyalar kiritishga chaqiriqlar sabab bo‘lgan.
“Gruziya orzusi” o‘zining Rossiya tarafdori emasligini, demokratiya va G‘arb bilan integratsiyaga sadoqatli ekanini ta’kidlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)