21:43 / 29.11.2024
1

Britaniya transport vaziri kichik yolg‘on tufayli iste’foga chiqdi

Britaniya transport vaziri kichik yolg‘on tufayli iste’foga chiqdi
Buyuk Britaniya transport vaziri Luiza Xeyg
Foto: Getty Images

Buyuk Britaniya transport vaziri Luiza Xeyg 28 noyabr kuni bosh vazir Kir Starmerga o‘z iste’fosini jo‘natdi.

OAVda uning o‘n yil avval unchalik katta bo‘lmagan jinoyat sodir etgani haqidagi xabarlar paydo bo‘lganidan keyin vazir bu qarorga kelgan.

Britaniya gazetalari 2013 yilda Aviva sug‘urta kompaniyasida ishlagan Xeyg o‘sha paytda politsiyaga ariza yo‘llab, ko‘chada shaxsiy buyumlari va ish telefoni bo‘lgan sumkasini o‘g‘irlab ketishganini yozgan. Shundan so‘ng kompaniya unga yangi kompaniya telefon taqdim qilgan.

Manbalarga ko‘ra, u telefon o‘g‘irlangani to‘g‘risida yolg‘on da’vo qilgan, chunki o‘sha paytda hamkasblariga tarqatilayotgan zamonaviyroq ish telefonini xohlagan. Oradan bir oz vaqt o‘tgach, Xeyg uyda eski telefon topib olgan.

2014 yilda politsiya tergov o‘tkazgan va ayolni firibgarlikka urinishda ayblagan. Sudda Luiza Xeyg aybini tan olgani uchun sud uni bir necha oylik shartli qamoq jazosiga hukm qilgan.

Ish tafsilotlarining e’lon qilinishi Buyuk Britaniyada keng rezonansga sabab bo‘ldi va ertasi kuni Xeyg iste’foga chiqish haqida ariza berdi. Mamlakat bosh vaziri iste’foni qabul qilib, “bu albatta hukumat ishiga bir oz qiyinchilik tug‘dirishini”, ta’kidladi.

U Luizaga vazir sifatida qilgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

37 yoshli Xeyg leyboristlar kabinetidagi eng yosh vazir hisoblanadi. Sky News ma’lumotlariga ko‘ra, uning sudlanganligi endi “oqlangan” deb tasniflanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya transport vaziri kichik yolg‘on tufayli iste’foga chiqdi