21:55 / 01.12.2024
28

Bayden “Isroilga qarshi kitob” bilan omma oldida ko‘rindi

Bayden “Isroilga qarshi kitob” bilan omma oldida ko‘rindi
© RIA Novosti / Stringer
AQSH prezidenti Jo Bayden “qora juma”dagi xarid chog‘ida “Isroilga qarshi kitob” bilan ko‘zga tashlanib, yonidan o‘tib ketayotganlarni hayratda qoldirdi, deb yozadi “The New York Post”.

Bayden Shukrona kuni bayrami doirasida rafiqasi bilan Massachusets shtatidagi Nantaket oroliga tashrif buyurdi. U mahalliy kitob do‘konidan "Falastindagi yuz yillik urush" kitobini omma oldida qo‘lida ushlagan holda chiqdi.

“The New York Post”ning tushuntirishicha, kitob aniq “Isroilga qarshi” xarakterga ega: u Falastin tarixini yahudiy xalqi foydasiga "turli tomonlar mahalliy aholiga qarshi olib borgan" mustamlakachilik urushi prizmasi orqali ko‘rib chiqadi. Shuningdek, unda Isroilning falastinliklarga nisbatan kamsituvchi siyosatiga urg‘u beriladi.

Kitob muallifining o‘zi, Kolumbiya universiteti professori Rashid Xolidiy bu xarid "to‘rt yilga kechikkanidan" shikoyat qildi.
Bayden kitobni o‘zi sotib olganmi yoki sovg‘a sifatida olganmi, noma’lumligicha qolmoqda.

Yanvar oyida Oq uyni tark etadigan Bayden AQSHning eng keksa prezidenti bo‘lib, noyabr oyida 82 yoshga to‘ladi. Uning o‘zi yoshini tajriba isboti deb hisoblaydi va sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolari yo‘qligini ta’kidlaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden “Isroilga qarshi kitob” bilan omma oldida ko‘rindi