Foto: Telegram
Suriyadagi isyonchilar prezident Bashar Asad rejimiga qarshi kurash davomida Rossiya harbiy texnikalarini qo‘lga kiritdi. Ular, shuningdek, Xon-Shayxun shahrini egallab, Idlib viloyati ustidan to‘liq nazorat o‘rnatdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
Isyonchilar Kveyris aviabazasi yaqinida joylashtirilgan “Pansir” zenit-raketa kompleksini qo‘lga kiritgan. Ularning ixtiyorida “Uragan” yalpi o‘t ochish reaktiv tizimi, L-39 jangovar o‘quv samolyoti va bir nechta harbiy mashinalar bor. Ushbu qurol-aslahalarning umumiy qiymati bir million dollarga baholanmoqda.
Isyonchilar Halab va Idlibda nazoratni qo‘lga oldi
Suriya hukumat qo‘shinlari Halab shahrining asosiy hududlaridan o‘z kuchlarini “xavfsiz olib chiqdi”. Shaharni “Hayat tahrir ash-shom” guruhi egalladi. Mahalliy hokimiyat Halab aeroportini butunlay yopib, barcha kirish yo‘llarini to‘sib qo‘ydi. Shaharning katta qismi isyonchilar nazorati ostida qolmoqda.
30 noyabr kuni qurolli guruhlar Idlib viloyatidagi 50 dan ortiq aholi punktini, shu jumladan, Xon-Shayxun shahrini va Maarret-en-Numan tumanini o‘z nazoratiga oldi.
Xon-Shayxun: Kimyoviy hujum nishoni
Xon-Shayxun shahri Asad kuchlari tomonidan 2017 yil 4 aprelda amalga oshirilgan kimyoviy hujumdan keyin butun dunyoga mashhur bo‘ldi. Ushbu hujum oqibatida 100 kishi halok bo‘lgandi.
2017 yil 7 aprelda AQSH rejimga tegishli Shayrat aviabazasiga zarba berdi. Keyinchalik, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotining qo‘shma missiyasi 2017 yil 27 oktyabrdagi ma’ruzasida kimyoviy hujum rejim kuchlari tomonidan amalga oshirilganini tasdiqlagandi.
“Konstitutsiyaviy tartibni tiklash”
Suriya hukumati isyonchilarning Halab shahriga bostirib kirganiga hech qanday izoh bermadi. Kreml hujumni Suriya suverenitetiga tajovuz deb hisoblashini va mintaqada konstitutsiyaviy tartibni tezroq o‘rnatish tarafdori ekanini ma’lum qildi. Suriya qurolli kuchlari Halab va Idlib atrofidagi qishloqlarda dron hamda og‘ir qurollarni yo‘q qilib, isyonchilar bilan to‘qnashuvga kirishganini bildirdi. Ular hujumni qaytarishga va’da berdi va isyonchilarni o‘z muvaffaqiyatlari haqida yolg‘on ma’lumot tarqatishda ayblashdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda
Qon bosimini qanday qilib doim me’yorda ushlab turish mumkin?
Qaysi navli mandarinlar eng shirin bo‘ladi?
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov KXDR rahbari bilan uchrashdi