Beshinchi kundirki, suriyalik isyonchilar ilgari Bashar Asad rejimi qo‘shinlari tasarrufida bo‘lgan hududlarni egallab, shiddat bilan oldinga siljiyapti.
Bild nashrining yozishicha, bir necha kun ichida muxolif guruhlar kuchlari ikki milliondan ortiq aholi istiqomat qiluvchi yirik Halab shahri hamda boshqa yuzlab aholi punktlarini nazorat ostiga olgan.
«Isyonchilar Halab ustidan nazoratni mustahkamlagan holda strategik hududlarni, jumladan Xonaser shahrini ham egallab oldilar. Bundan tashqari, ular Homs va qirg‘oq o‘rtasidagi muhim transport punkti bo‘lgan Xama shahri chegaralariga yaqinlashdilar», – deb yozmoqda nashr.
Suriya poytaxti Damashq hamon Asadga sodiq qo‘shinlar nazoratida. Biroq mamlakat janubidagi Dara va Suvayda mintaqalarida muxolif guruhlar bilan rejim kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda. Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda Asad vakillari va Turkiya rasmiylari o‘rtasida Antaliyadagi muzokaralar haqida tasdiqlanmagan ma’lumotlar tarqalmoqda.
Eron Bashar Asad tuzumini qo‘llab-quvvatlashga va’da bergan. Rossiya bir necha kundan beri Suriyaning hukumat qo‘shinlariga qarshi kurashayotgan isyonchi guruhlar o‘rnashib olgan qator hududlarga havo hujumlarini amalga oshirmoqda.
«Suriya yetakchisi nazarida ittifoqchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlovning zaiflashishi tufayli vaziyat yanada og‘irlashmoqda. Bir paytlar Halabda hukmron kuch bo‘lgan rus qo‘shinlari hozir Ukrainada to‘plangan, Eron jangarilari va Hizbulloh esa boshqa mojarolar tufayli zaiflashgan. Rossiya aviatsiyasi mintaqada hujumlarni qayta boshlagan bo‘lsa-da, harbiy tahlilchilarga ko‘ra, uning resurslari keskin cheklangan», – deb yozadi Bild.
Ma’lumot uchun, Suriya rasmiylari 2012 yildan beri birinchi marta Halab ustidan nazoratni qo‘ldan chiqardi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Qaysi navli mandarinlar eng shirin bo‘ladi?
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda
Qon bosimini qanday qilib doim me’yorda ushlab turish mumkin?