Foto: RIA
Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze prezident Salome Zurabishvilining vakolati tugaganidan so‘ng, o‘z vazifasini tark etishga majbur bo‘lishini aytdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Zurabishvili “qonuniy saylangan parlament" shakllantirilgunga qadar lavozimda qolish niyatida ekanini aytgan.
"Qonuniy parlament mavjud emas, noqonuniy parlament esa yangi prezidentni saylash huquqiga ega emas, shu sababli inauguratsiya o‘tkazilishi mumkin emas", degan Gruziya prezidenti.
Siyosatchi uning mandati “qonuniy parlament tomonidan yangi prezident tayinlangunga qadar” amal qilishini ta’kidlagan.
"Uning hissiy holatini tushunaman, lekin inauguratsiya kuni, 29 dekabrda u o‘z qarorgohidan chiqib, bu binoni qonuniy saylangan prezidentga berishi kerak bo‘ladi", degan Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze.
Zurabishvilining prezidentlik vakolati dekabr oyida rasman tugaydi. Hukmron “Gruzin orzusi” partiyasi prezidentlik saylovi 14 dekabrda, inauguratsiya esa 29 dekabrda o‘tkazilishini e’lon qilgan. Partiya sobiq futbolchi Mixail Kavelashvilini prezidentlikka nomzod qilib ko‘rsatdi.
Gruziyada parlament saylovlari
Mamlakatda parlament saylovlari 26 oktyabr kuni o‘tkazildi. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, hukmron “Gruzin orzusi” partiyasi 53,93 foiz ovoz to‘pladi. Shuningdek, to‘rtta muxolif partiya jami 37,78 foiz ovoz bilan parlamentga kirdi.
Prezident Salome Zurabishvili saylov yakunlari tufayli norozilik namoyishlariga chaqirdi. Ommaviy mitinglar bir necha haftadan buyon davom etmoqda.
Gruziyada mitinglar
Namoyishlar bosh vazir Irakliy Koboxidze hukmron “Gruzin orzusi” partiyasi 2028 yil oxirigacha Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lishni muhokama qilmasligi va hamjamiyatning barcha budjet grantlaridan voz kechish qaroridan so‘ng boshlandi. AQSH Davlat departamenti buning ortidan Gruziya bilan strategik sheriklik to‘xtatilganini e’lon qildi.
Kobaxidze AQSHning Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorini “vaqtinchalik hodisa” deb baholadi. U Gruziya yangi saylangan prezident Donald Tramp ma’muriyati bilan 20 yanvarda u lavozimga kirgandan so‘ng muzokaralar boshlashini aytdi. Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas norozilik namoyishlari fonida Gruziyaga qarshi sanksiyalar joriy etilishini istisno qilmadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov KXDR rahbari bilan uchrashdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Qon bosimini qanday qilib doim me’yorda ushlab turish mumkin?
Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
Qaysi navli mandarinlar eng shirin bo‘ladi?
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi