21:15 / 02.12.2024
9

AQSH: Suriyadagi voqealar Rossiya va Eronning susayganini anglatadi

AQSH: Suriyadagi voqealar Rossiya va Eronning susayganini anglatadi
Foto: EPA
AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan CNN telekanaliga bergan intervyusida Suriya muxolifati kuchlari tomonidan Halab ustidan nazorat o‘rnatilishiga izoh berdi.

«Muxolifat e’tiborini yillar davomida ularga bosim o‘tkazgan uch aktyorga qaratdi: Eron, Rossiya va «Hizbulloh». Endi ular bu aktyorlarni zaifligini ko‘rmoqda va bundan foydalanishga harakat qilmoqda», dedi Sallivan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumlarning tezkorligi Suriya rejimi va mintaqaviy kuzatuvchilar uchun kutilmagan bo‘lgan. Sallivanning qo‘shimcha qilishicha, bu o‘zgarishlar Ukrainadagi vaziyat bilan bir qatorda Rossiya va Eronning strategik pozitsiyalarining zaiflashuvi oqibatidir.

Suriyadagi AQSH qo‘shinlari uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni izohlar ekan, Sallivan shunday dedi: «ISHID bilan kurashga safarbar etilgan kuchlarimiz boshqa mintaqada joylashgan, shuning uchun bu hujumlardan to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid yo‘q. Biroq ular Eron, Iroq va Suriyadagi shia guruhlari tahdidi ostida qolmoqda. Biz ularni himoya qilish va ehtimoliy hujumlarga javob berish uchun har kuni ishlayapmiz», dedi u.

Sallivan Qo‘shma Shtatlar voqealar rivojini xavotir bilan kuzatishda davom etayotganini ta’kidladi. U Vashington Suriya rejimiga qarshi bo‘lgan «Hay’at Tahrir ash-Shom» (HTSH) qurolli guruhini «terrorchi tashkilot» sifatida tasniflashini eslatib, uning maqsad va niyatlaridan xavotir bildirdi.

Shu bilan birga, Sallivanning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar muxolif kuchlarning Rossiya, Eron va «Hizbulloh» tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Bashar Asad hukumatiga bosim o‘tkazishiga, ayniqsa Damashq tomon oldinga siljishiga e’tiroz bildirmaydi.

U vaziyatni «murakkab» deb atadi va Vashington mintaqaviy sheriklar bilan faol hamkorlik qilishda davom etishini aytdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH: Suriyadagi voqealar Rossiya va Eronning susayganini anglatadi