19:50 / 03.12.2024
39

Rossiya harbiy kemalarini Suriyadagi bazadan olib chiqishni boshladi

Rossiya harbiy kemalarini Suriyadagi bazadan olib chiqishni boshladi
Foto: AP
Suriyadagi isyonchilarning muvaffaqiyatli hujumi fonida Rossiya o‘z kemalarini Tartusdagi harbiy-dengiz bazasidan olib chiqishni boshladi, deb yozdi Naval News.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, 2 dekabr kuni Rossiya Qurolli kuchlariga O‘rta yer dengizida yordam ko‘rsatayotgan «Yelnya» tankeri Tartusdan chiqib ketgan. U bilan boshqa kemalar ham jo‘nab ketgan bo‘lishi mumkin. Suriyadagi portga Rossiyaning ikkita fregati va suv osti kemasi joylashtirilgan edi.

Harbiy tahlilchilar fikriga ko‘ra, kemalarning olib chiqilishi mamlakatdagi vaziyatning yomonlashgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Rossiya o‘z kemalarini Boltiq dengiziga jo‘natib, yo‘lda Jazoir yoki Liviyada to‘xtashi mumkinligi ta’kidlanmoqda. Agar Moskva Tartusdagi bazani saqlab qolishga qaror qilsa, u yerga qo‘shimcha kuchlarni yuborishi kerak bo‘ladi, bunga bir necha hafta kerak bo‘ladi.

Suriyadagi vaziyat noyabr oyi oxirida «Hay’at Tahrir ash-Shom» guruhi boshchiligidagi isyonchilar Halabni egallab, Xama tomon yurgach, keskinlashdi. Suriya armiyasi mag‘lubiyatni rad etdi va Rossiya harbiy-havo kuchlari ko‘magida qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Moskva esa Suriyadagi kuchlari qo‘mondonini o‘zgartirib, general-polkovnik Aleksandr Chaykoni tayinladi va Sergey Kiselni lavozimidan chetlatdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya harbiy kemalarini Suriyadagi bazadan olib chiqishni boshladi