17:53 / 05.12.2024
41

Ukraina tinchlik uchun tayyorligini e’lon qilishga hozirlanmoqda

Ukraina tinchlik uchun tayyorligini e’lon qilishga hozirlanmoqda
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp jamoasi vakillari – milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi lavozimiga nomzod Mayk Vals hamda Rossiya va Ukraina bo‘yicha maxsus elchi lavozimiga da’vogar Keyt Kellog bilan uchrashdi. Bu haqda Reuters va The Wall Street Journal (WSJ) xabar berdi.

Reuters suhbatdoshlari Ukraina delegatsiyasi va Tramp jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv tafsilotlarini keltirmagan. WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, munozaralarga saylangan vitse-prezident J.D.Vens ham qo‘shilgan. Bundan oldin, nashr Yermak Floridada Tramp boshqaruvida Oq uy apparatini boshqarishi kerak bo‘lgan Syuzi Uayls bilan uchrashganini qayd etgan edi.

WSJ manbalariga ko‘ra, Yermak Vashingtonga Tramp yordamchilari bilan munosabatlarni yaxshilash maqsadida tashrif buyurgan. Nashrning ta’kidlashicha, Ukraina “tinchlikka tayyorligini bildirishni rejalashtirmoqda”.

Ammo bu barqaror tinchlik bo‘lishi kerak, beqaror, vaqtinchalik tinchlik AQSH yoki Ukraina manfaatlariga mos kelmaydi”, dedi Kiyevning rejalari bilan tanish bo‘lgan nashr suhbatdoshi.

Avvalroq Bloomberg nashri NATOga a’zo davlatlarning hukumatlari Ukrainadagi urushni tugatishning turli ssenariylarini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi.

Manbalardan biriga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatishning ehtimoliy variantlaridan biri demilitarizatsiya zonasini tashkil etishdir. NATOning yuqori lavozimli diplomati Yevropa qo‘shinlari bu hududni qo‘riqlashi va patrullik qilishi mumkinligini aytdi. Boshqa bir G‘arb diplomati bu muhokamalar Ukrainadagi vaziyat beqarorligi va muzokaralar yaqin orada boshlanishi ehtimolidan dalolat berishini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina tinchlik uchun tayyorligini e’lon qilishga hozirlanmoqda