
Suriya isyonchi kuchlari Xama shahrini egallab olishdi. Suriya armiyasi isyonchi kuchlar Hamaga shiddatli janglardan so‘ng kirib kelganini tasdiqladi va uning bo‘linmalarini «tinch aholi hayotini saqlab qolish va shahardagi janglarning oldini olish uchun» hudud tashqarisiga qayta joylashtirishga majbur bo‘lgan.
Avvalroq Suriya harbiylari isyonchilarning payshanba kuni eng yirik shaharlardan biri Xamaga kirishga muvaffaq bo‘lganligini yolg‘on deb atagandi.
Xama shahri butun fuqarolik urushi davomida hukumat qo‘lida qolgandi. Shaharning qulashi Asadning Rossiya va Eron kabi ittifoqchilarini larzaga solishi mumkin.
Xama Halabdan Damashqgacha bo‘lgan strategik yo‘lda joylashgan va shaharning qo‘lga kiritilishi Suriyaning eng aholi gavjum hududlarini bog‘lovchi chorrahada joylashgan yana bir yirik shahar Xomsga yo‘l ochadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar