Foto: Reuters
Isroil harbiylari Suriyadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va Suriya yo‘nalishidagi ehtimoliy tahdidlarni bostirish uchun har qanday chora ko‘rishga, jumladan, hujumga ham tayyor. Bu haqda Isroil armiyasi ma’lum qildi.
“Isroil armiyasi voqealarni kuzatib bormoqda va barcha ssenariylarga, jumladan mudofaa, hatto hujumga ham tayyor. Armiya Suriya-Isroil chegarasi yaqinidagi tahdidga toqat qilmaydi va Isroil fuqarolariga har qanday tahdidning oldini olish uchun harakat qiladi”, deyiladi bayonotda.
Bu bayonot Isroil harbiy rahbariyatining Suriyadagi vaziyatni baholashga bag‘ishlangan tezkor yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha e’lon qilindi. Unda mamlakat mudofaa vaziri Isroil Kas, mamlakat armiyasi bosh shtabi boshlig‘i Gerzi Halevi va oliy armiya qo‘mondonligining boshqa vakillari ishtirok etdi.
Avvalroq Suriya Mudofaa vazirligi hukumat qo‘shinlari Hama shahridan chiqib ketgani haqida xabar bergan edi. Vazirlik xabarida aytilishicha, armiya tinch aholi orasida qurbon bo‘lmaslik uchun shahar tashqarisiga joylashgan.
Isyonchilar Hama qamoqxonasini egallab, mahbuslarni ozod qilganliklarini aytishdi.
Hama — Markaziy Suriyadagi xuddi shu nomdagi viloyat markazi. Hozirda Suriya armiyasi provinsiyalarning ikki poytaxti — Halab va Hamani boy berdi.
“Bir haftadan sal ko‘proq vaqt ichida ular Suriyaning ikkinchi yirik shahri Halabni to‘liq nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘lishdi, endi esa kattaligi bo‘yicha to‘rtinchi shaharni egallab olishdi”, deydi Al-Jazeera muxbiri.
Hama Suriya poytaxti Damashq mudofaasi uchun strategik ahamiyatga ega. Uning qo‘lga olinishi Suriyaning eng gavjum hududlarini bog‘lovchi yo‘llar kesishgan asosiy markaziy shahar — Xomsga yo‘l ochadi.
Suriyadagi vaziyat
Isyonchilarning Halab provinsiyasi g‘arbiy qismida hukumat kuchlariga qarshi keng ko‘lamli hujumi 27 noyabr kuni boshlandi. Ikki kundan so‘ng ular 2016 yildan beri birinchi marta Halab shahriga kirdi. Hujumga Suriyadagi fuqarolar urushi davrida Asadga qarshi chiqqan “Hayot Tahrir ash-Sham” terrorchilik tashkiloti boshchilik qildi.
30 noyabr kuni Suriya armiyasi Halabdan “qo‘shinlarni vaqtincha olib chiqib ketishi”ni e’lon qildi. Ammo Asad Suriya “do‘stlari va ittifoqchilari yordamida terrorchilarni yo‘q qilishga qodir”ligini ishonch bilan ta’kidlab, terrorizmni yo‘q qilishni “mintaqadagi barqarorlik va xavfsizlik” garovi deb atadi.
Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakatdagi vaziyat yuzasidan Isroildan yordam so‘radi. Murojaat Asadning Yevropadagi yordamchilaridan biri orqali Isroil tomoniga yetkazilgan. Ushbu so‘rovga yahudiy davlati tanqidiy javob bergan. Jumladan, Isroil hukumati Suriyadagi vaziyat ularni tashvishga solmasligini aytib, “avvalo Suriyadan Eronparast ko‘ngillilarni olib tashlash, so‘ngra yordam so‘rash” kerakligini maslahat bergan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Putin Suriyadagi vaziyatdan foyda ko‘rgan davlat nomini aytdi
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi