date
views 101

Ukraina TIV rahbari Lavrov nutqidan oldin YXHT majlislar zalini tark etdi

Ukraina TIV rahbari Lavrov nutqidan oldin YXHT majlislar zalini tark etdi
Kollaj: “Daryo”
Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov nutqi boshlanishidan oldin Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti yalpi majlislar zalini tark etdi.

Bundan oldin nutqining yakunida Sibiga Lavrovni “harbiy jinoyatchi” deb atadi.

Avvalroq Polsha va Chexiya TIV rahbarlari Radoslav Sikorskiy hamda Yan Lipavskiylar Lavrovning nutqiga quloq solmasliklarini aytib, zalni tark etishgandi.

Sikorskiy Lavrovni sammitga Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirgani haqida yolg‘on tarqatish uchun kelganlikda aybladi.

Maltaning Rossiyadagi elchixonasi YXHT Vazirlar kengashi yig‘ilishini 5-6 dekabr kunlari ushbu mamlakatda o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror “barcha a’zolarga, shu jumladan Rossiyaga ham tegishli”ligini tasdiqlagan.

Lavrov Yevropa ittifoqiga oxirgi marta Rossiya-Ukraina urushi boshlanishidan oldin – 2021 yil dekabrida tashrif buyurgan edi. O‘shanda YXHT Vazirlar kengashi yig‘ilishi Shvetsiya poytaxti Stokgolmda bo‘lib o‘tgan. 2022 yil fevral oyidan boshlab Lavrov Yevropa ittifoqining shaxsiy sanksiyalariga duchor bo‘lgan, xususan, uning YEIdagi aktivlarini muzlatilgan.

2023 yil fevral oyi boshida Avstriya TIV rahbari Aleksandr Shallenberg mamlakat parlamentida so‘zlagan nutqida YXHT tadbirlaridagi rossiyalik vakillar sanksiyaga duchor bo‘lgan taqdirda ham kirish huquqiga egaligini aytgan.

2023 yil noyabr oyida Lavrov Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lmagan, ammo NATO tarkibiga kiruvchi Shimoliy Makedoniyada YXHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining yig‘ilishida ishtirok etgan edi. Shu sababli Latviya, Litva, Estoniya, Polsha va Ukraina vakillari Skopedagi tadbirga kelishdan bosh tortgan.

2022 yilda YXHTga raislik qilgan Polsha Lavrovni Lodzda bo‘lib o‘tgan YXHT Vazirlar kengashi yig‘ilishida ishtirok etishi uchun mamlakatga kiritishdan bosh tortgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina TIV rahbari Lavrov nutqidan oldin YXHT majlislar zalini tark etdi