date
views 112

Turkiyada Termiziy qalamiga mansub qo‘lyozma aniqlandi

Turkiyada Termiziy qalamiga mansub qo‘lyozma aniqlandi
O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi xodimi, faxriy professor Mirzo Kenjabek Turkiyada saqlanayotgan Imom Termiziyning "Al-Ilal al-kabiyr" asari qo‘lyozmasi haqida ma’lumot berdi.

Olim tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, Imom Termiziyning hayot va faoliyatiga doir maxsus risola yozgan olim Nuriddin Atr “Kitobul-ilal”ning Bayrutda 1988 yilda chop etilgan ikkinchi nashrida Turkiyaning qimmatli qo‘lyozmalarga boy kutubxonalaridan birida Termiziyning "Al-Ilal al-kabiyr" asarining yagona qo‘lyozmasini ko‘rgani va undan fotonusxa olib, o‘z tadqiqotining qayta nashrida foydalangani haqida yozadi.

Samarqandda “Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans asosi” mavzusida o‘tkazilgan VIII xalqaro kongress davomida hazrati Imom Termiziyga oid "Al-Ilal al-kabiyr” kitobining nashr nusxalari qo‘lga kiritildi.

Ma’lumot uchun, ilal — hadislar rivoyatidagi yashirin qusur, nuqson va illatlar. Hadis ilmida ilal masalasi muhim ahamiyatga aga bo‘lib, bu soha hadislar rivoyatida har xil sabablarga ko‘ra roviylar tomonidan sodir etilgan zaiflik, noaniqlik, g‘alat, xato, sahvu yanglishlarni tadqiq qilishdek sharafli va o‘ta mas’uliyatli vazifa bilan shug‘ullanadi.

Hazrati Imom Termiziyning “Al-Ilal Al-Kabir” asari haqida

Bismillahir-Rohmanir-Rohiym.

“Ilal” deganda hadislar rivoyatidagi yashirin qusur, nuqson va illatlar tushuniladi. Hadis ilmida ilal masalasi muhim ahamiyatga aga bo‘lib, bu soha hadislar rivoyatida har xil sabablarga ko‘ra roviylar tomonidan sodir etilgan zaiflik, noaniqlik, g‘alat, xato, sahvu yanglishlarni tadqiq qilishdek sharafli va o‘ta mas’uliyatli vazifa bilan shug‘ullanadi.

Hazrati Imom Termiziy (rahmatullohi alayh) ilal sohasidagi tasniflari bilan ham Islom tamadduniga ulkan hissa qo‘shganlar.

Imom Termiziyning bizgacha yetib kelgan "Al-Ilal fil-hadiys" ("Hadislardagi illatlar yoki og‘ishlar") turkumidagi muhim asari bo‘lib, bu asosan ikki mustaqil kitobdan tashkil topgan.

Ulardan biri "Al-Ilal al-kabiyr" nomi bilan ataladi. Ko‘pchilik olim va tadqiqotchilar “Bu asari bizgacha yetib kelmagan” degan fikrda bo‘lganlar. Lekin Imom Termiziyning hayot va faoliyatlariga doir maxsus risola yozgan olim Nuriddin Atr o‘zining Bayrutda ikkinchi marta nashri 1988 yilda chop etilgan “Kitobul-ilal” kitobida Turkiyaning qimmatli qo‘lyozmalarga boy kutubxonalaridan birida Imom Termiziyning "Al-Ilal al-kabiyr" asarining yagona qo‘lyozmasini ko‘rgani va undan fotonusxa olib, o‘z tadqiqotining qayta nashrida foydalangani haqida yozadi.

Ulardan ikkinchisi "Al-Ilal as-sag‘iyr" deb atalib, u “Sunani Termiziy” kitobi oxiriga xotima tariqasida ilova qilingan.

Imom Termiziyning o‘zlari "Ilal" (ya’ni, hadislarning illatlari yoki og‘ishlari) masalasida aytdilar: "Bu (ilalga oid) masalada uzoq vaqt fikr-mulohaza yuritdim, buning boisi shundaki, bizdan shu xususda so‘ralganda, oldin o‘z nuqtayi nazarimizni ochiq-oydin aytmaganmiz. Sababi shuki, birinchidan, bizdan avval ilal masalasi xususida so‘ralganda bir qancha ulamolar ham o‘z fikrlarini bildirmaganlar, ikkinchidan, ba’zi muhaddislar o‘rtalarida hadisda siqa – ishonchli bo‘lgan roviylarning xato, yanglish va vahmlarini aytish g‘iybat bo‘lib qoladi, degan olimlar ham bor edilar. So‘ng odamlar manfaatini o‘ylab, bir qancha mashhur muhaddislar, xususan, Imom Buxoriy bilan bir necha yillik muloqotda bo‘lganimizdan so‘ng, yana mazkur fikrga aloqador rivoyatlarni eshitgandan keyin, ilal masalasini oshkor qilishga jazm qildim", – deydilar.

Bu so‘z ilal masalasida barcha muhaddislarning yakdil xulosalarini ifoda etadi.

Biz “Buyuk ajdodlar merosi – uchinchi renessans asosi” mavzuyida Samarqandda o‘tkazilgan VIII xalqaro kongress jarayonida hazrati Imom Termiziyga oid “Al-Ilal al-kabiyr” kitobining nashr nusxalarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldik. Bu diyorimizda ilm sohasida ulkan yangilikdir.

Yurtimiz olimlari oldida hazrati Imom Termiziy rahmatullohi alayhning "Al-Ilal al-kabiyr" asarini o‘rganish va tadqiq etish vazifalari turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada Termiziy qalamiga mansub qo‘lyozma aniqlandi