23:54 / 09.12.2024
97

Suriyada ayollarga majburiy hijob kiydirish taqiqlandi

Suriyada ayollarga majburiy hijob kiydirish taqiqlandi
Suriya qurolli muxolifati rahbariyati ayollarga majburiy hijob kiyishni taqiqlovchi farmon chiqardi. Bu haqda Suriyaning Al Vatan gazetasi xabar bergan.

Gazetaning yozishicha, yangi hukumat ayollarni hijob kiyishga majburlash yoki ularning kiyim tanlashiga xalaqit berishni taqiqlaydi.

Oliy qo‘mondonlik ayollarni ma’lum kiyim kiyishga majburlashni yoki ularning kiyim tanlash huquqini buzishni yoki tashqi ko‘rinishi haqida da’vo qilishni qat’iyan man etadi”, — deyiladi bayonotda.

Suriyalik isyonchilar 2024 yil 7 dekabrda Bashar al-Assadni hokimiyatdan ag‘darib, poytaxt Damashqni to‘liq nazoratga olishgan. Suriya prezidenti “Hayat Tahrir ash-Shom” guruhi boshchiligidagi muxolifat kuchlarining muvaffaqiyatli hujumi ortidan mamlakatni tark etdi. U 2011 yilda tashkil etilgan. Keyin u "Jabhat an-Nusra" deb nomlangan va Al-Qoida bilan bevosita aloqador bo‘lgan.

Keyinchalik guruh hokimiyatni markazsizlashtirish, plyuralizm va bag‘rikenglik tarafdori qiyofasini yaratish maqsadida Al-Qoida bilan aloqalarini uzgan.

Mamlakatda qolgan Suriya bosh vaziri Muhammad G‘ozi al-Jaloliy yangi hukumat qoshida ishlashni davom ettirishga rozi bo‘lgan.

Bashar al-Assadning o‘zi va uning oila a’zolari, Rossiya matbuotiga ko‘ra, Rossiyadan boshpana olgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suriyada ayollarga majburiy hijob kiydirish taqiqlandi