06:28 / 10.12.2024
76

Qozog‘istonda kuchli sovuq tufayli darslar onlayn rejimga o‘tdi

Qozog‘istonda kuchli sovuq tufayli darslar onlayn rejimga o‘tdi
Markaziy Osiyoning ko‘plab hududlarida "kuchli" va "ekstremal" sovuqlik stresslari kuzatilishi prognoz qilindi.

Kazgidromet Ostonada 9-10 dekabr kunduz kunlari havo harorati -17 darajagacha sovuq bo‘lishini prognoz qilgan.

Bunday ob-havo muhitida maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining maktab binosiga borish, kelish va sinfxonalarda darslarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq muammolarni oldini olishda shahar ma’muriyati ushbu ikki kunlikda boshlang‘ich sinflar uchun darslar onlayn rejimda o‘tishi bo‘yicha qaror chiqargan.

Yevropa qisqa va o‘rta muddatli ob-havo prognoz markazining 10 dekabr tonggi muddat uchun Markaziy Osiyoning ko‘plab hududlarida aholini haroratni his qilish bilan bog‘liq bioiqlimiy sharoit bo‘yicha "kuchli" va "ekstremal" sovuqlik stresslari kuzatilishini prognoz qilgan.

Gidrometerologning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning shimol va cho‘l mintaqasida ham aholi ertaga tongda ochiq havoda kuchli sovuqlik stresslari ya’ni izg‘irin sovuqni tanasida his qiladi.

Markazida 1050 gPa gacha bo‘lgan quruq sovuq antisiklon ta’siri joriy tunda mintaqani faol sovutadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda kuchli sovuq tufayli darslar onlayn rejimga o‘tdi