07:00 / 11.12.2024
57

AQSH birinchi marta ballistik raketani muvaffaqiyatli tutib qoldi

AQSH birinchi marta ballistik raketani muvaffaqiyatli tutib qoldi
Foto: Getty Images
AQSH Raketaga qarshi mudofaa agentligi (MDA) ilk bor havodan uchirilgan ballistik raketani muvaffaqiyatli tutib qoldi. Bu haqda Pentagon matbuot xizmatiga tayanib, Reuters xabar berdi.

Qayd etilishicha, Tinch okeanidagi Guam orolida o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketa sinovi o‘tkazilgan. Sinov davomida Aegis Guam raketaga qarshi mudofaa tizimi Amerikaning RTX kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan SM-3 Block IIA raketasini uchirgan. U AQSH Harbiy-havo kuchlarining Andersendagi bazasi yaqinida nishonni tutib qolgan.

Agentlikka ko‘ra, ushbu sinov Guam mudofaa tizimini takomillashtirish tashabbusining bir qismi hisoblanadi.

Guam Tinch okeanining g‘arbiy qismida joylashgan va AQSHning «qo‘shib olinmagan hududi» maqomiga ega. U yerdan Xitoygacha bo‘lgan masofa 3 ming kilometrga teng. Orol AQSHning mintaqadagi ishtirokini ta’minlashda va potensial raqiblarni tutib turishda muhim rol o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 21 noyabr kuni Ukrainaga o‘rta masofaga mo‘ljallangan «Oreshnik» eksperimental ballistik raketasini uchirgan edi. O‘shanda RF prezidenti Vladimir Putin «bu kabi raketaga qarshi va uni tutib qoluvchi vositalar bugungi kunda dunyoda yo‘q, mavjud emas»ligini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH birinchi marta ballistik raketani muvaffaqiyatli tutib qoldi