12:21 / 11.12.2024
40

Bashar Asadga Rossiya fuqaroligini berish taklif qilindi

Bashar Asadga Rossiya fuqaroligini berish taklif qilindi
Foto: AP File
Rossiyada boshpana topgan Suriya sobiq prezidenti Bashar Asadga fuqarolik berish kerak, dedi Duma mudofaa qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Aleksey Juravlyov.

Rossiya barcha ittifoqchilariga, hatto mag‘lub bo‘lganlariga ham insoniy munosabatda bo‘ladi. Bu bilan sobiq do‘stlarini tezda kerakciz narsaga chiqaradigan AQSHdan tubdan farqlanadi.

Shuning uchun agar Yanukovich Rossiya fuqaroligini olishga erishgan bo‘lsa, nega uni hozirgi paytda salbiy munosabatga qaramay, Rossiya uchun ancha-muncha ish qilgan Asadga ham bermaslik kerak?
” dedi Juravlyov.

Asadlar oilasining Moskvada 20 ga yaqin kvartirasi bor

Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, Asadning qarindoshlari va yaqinlari 2019 yilda “Moskva-Siti”da umumiy qiymati 40 million dollar bo‘lgan kamida 19 ta apartamentni sotib olgan. Sobiq davlat rahbarining akasi Hofiz Mahluf 13 ta apartamentga egalik qiladi, Asadning amakivachchasi Rami Mahlufning xotini esa ikkita kvartirani o‘z mulkida saqlaydi.

Sobiq prezidentning amakivachchalari yana to‘rtta uy-joy sotib olgan. Bitimlar ofshor kompaniyalar yordamida amalga oshirilgan.

Asad Moskva himoyasidagi yagona prezident emas

Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich 2014 yil fevralida Kiyevdagi Yevromaydan voqealaridan so‘ng Rossiyaga qochib ketgan. U hozirga qadar Rossiyada istiqomat qilmoqda va ba’zan Moskva siyosatini qo‘llab-quvvatlovchi bayonotlar bilan chiqib turadi.

Dastlab Rossiyada u Ukrainaning qonuniy prezidenti sifatida tan olingan, biroq keyinchalik Moskva uni bu maqomda tan olishni to‘xtatgan.

Yugoslaviyaning sobiq prezidenti Slobodan Miloshevichning rafiqasi Mira Markovich va o‘g‘li Marko Miloshevich 2000 yil oktyabrida Slobodan Miloshevich hokimiyatdan ag‘darilgandan so‘ng Rossiyaga ko‘chib o‘tishgan. Markovich vaqtinchalik boshpana olib, 2019 yilda vafot etgunga qadar Moskvada istiqomat qilgan. Marko Miloshevich Rossiya fuqaroligini olgan.

Ajariya avtonom respublikasining sobiq rahbari Aslan Abashidze 2004 yilda Gruziyada hokimiyat almashgandan keyin Rossiyaga ko‘chib o‘tgan. U jamoatchilikdan yiroq hayot kechirmoqda.

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Askar Akayev “Lola inqilobi” natijasida hokimiyatdan ag‘darilgan va 2005 yilda Rossiyaga qochib ketgan. Hozirgi kunda u o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda. 2014 yildan beri Oliy iqtisodiyot maktabining Ijtimoiy-siyosiy beqarorlik xavflarini kuzatish laboratoriyasiga rahbarlik qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bashar Asadga Rossiya fuqaroligini berish taklif qilindi