22:48 / 11.12.2024
17

Ukraina Bashar Asadni ag‘dargan guruhlarga yordam bergan(mi?)

Ukraina Bashar Asadni ag‘dargan guruhlarga yordam bergan(mi?)
Aleppodagi Suriya muxolifati jangchilari
Foto: AP Photo

Suriya prezidenti Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilishidan bir oz oldin Ukraina Asadga qarshi guruhlarni harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan. Bu haqda The Washington Post (WP) gazetasi Ukrainaning xorijdagi maxsus xizmatlari faoliyati bilan tanish manbaga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, taxminan, to‘rt-besh hafta oldin Ukraina razvedkasi “Hay’at Tahrir ash-Shom” (HTSH) islomiy guruhining Idlibdagi bosh qarorgohiga 20 nafar tajribali dron operatorlari va, taxminan, 150 ta FVP-dronlarini jo‘natgan.

Kiyev bu qadam Rossiya va uning suriyalik ittifoqchilarining pozitsiyalariga putur yetkazishiga umid qilgan”, deyiladi xabarda.

G‘arb razvedkasidagi manbalarning fikricha, Ukrainaning yordami Asad rejimini ag‘darishda kamtarona rol o‘ynagan. WP'ga ko‘ra, u “Ukrainaning Yaqin Sharq, Afrika va Rossiyaning o‘zida Rossiya harakatlariga yashirin zarba berish bo‘yicha keng ko‘lamli sa’y-harakatlarining bir qismi sifatida e’tiborga molik”.

Suriyadagi so‘nggi voqealar

Noyabr oyi oxirida qurolli isyonchilar Suriya shimoliy qismiga yurishni boshladi. Ular Idlib viloyatini, mamlakatdagi aholi soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Halab shahrini, Hama va Xoms viloyatlari hududlarining bir qismini o‘z nazoratiga oldi. Ular 8 dekabrga o‘tar kechasi Damashqqa kirdi. Prezident Asad ag‘darilganini e’lon qilishdi.

Suriya prezidenti oilasi bilan Rossiyada boshpana topdi. Isyonchilar uning boshi uchun 10 million dollar mukofot va’da qilgan. Asad Suriyani tark etganidan keyin isyonchilar uning qarorgohiga bostirib kirgan, odamlar buyumlarni talon-toroj qilgan. Qarorgohdagi garajda BMW, Audi, Ferrari, Lamborghini Diablo kabi 50 ga yaqin hashamatli va qimmatbaho avtomobillar aniqlangan.

Idlib shahrida qo‘zg‘olonchilarga rahbarlik qilgan Muhammad al-Bashir o‘zini Suriyaning o‘tish davri hukumati rahbari etib tayinladi. U fuqarolarga qarata qilgan televideniye murojaatida bu lavozimni kamida 2025 yil 1 martgacha egallab turishini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Bashar Asadni ag‘dargan guruhlarga yordam bergan(mi?)