Foto: AP Photo
Isroil sobiq prezidenti Reuven Rivlin Britaniya marhum qirolichasi Yelizaveta II yahudiylarni yomon ko‘rgani haqida gapirdi. Bu haqda The Jewish Chronicle xabar berdi.
Rivlin qirolicha bilan keskin munosabatlar haqida Londondagi Texnion universitetining 100 yilligiga bag‘ishlangan marosimda aytdi.
"Bizning qirolicha bilan munosabatlarimiz murakkab edi. U har birimizni yo terrorchi, yo terrorchining o‘g‘li deb hisoblardi. Xalqaro tadbirlardan tashqari Isroil rasmiylarini Bukingem saroyiga kiritishdan bosh tortardi", dedi u.
Isroil sobiq prezidenti ta’kidlashicha, Charlz III shahzoda paytidayoq doim xayrixohlik ko‘rsatib kelgan. Qirolicha Yelizaveta II o‘zining 70 yillik hukmronligi davomida Isroilga tashrif buyurmagan. Biroq hozirgi qirol Charlz III mamlakatga ikki marta norasmiy tashrif buyurgan — Isxak Rabin va Shimon Peresning dafn marosimiga. Rasmiy tashrif faqat 2020 yilda amalga oshirilgan.
"Umid qilamanki, AQSHning yangi prezidenti Yaqin Sharqda yangi davrni boshlaydi. Biz— isroilliklar, arablar va arab davlatlari birgalikda yashashga mahkummiz", dedi Rivlin va xalqaro aloqalar yaxshilanishiga umid bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tojikistonning Konibodomida bir oilaning 6 a’zosi o‘ldirib ketildi
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
Tadqiqot: Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi
Isyonchilar Damashq qamoqxonasida kutilmagan holatga duch kelishdi
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Isroilda bosh vazir Binyamin Netanyahu ustidan sud jarayoni boshlandi
O‘zbek shou-biznesi vakillari Halima Ibragimovani qanday xotirlamoqda?