© AP Photo / Efrem Lukatsky
AQSHning bo‘lajak prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi mojaroni hal qilish konsepsiyasi Vladimir Zelenskiy va uning atrofidagilarni evakuatsiya qilish uchun signal bo‘lishi mumkin. Bu haqda Qrim parlamenti rahbari Vladimir Konstantinov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Avvalroq Tramp Vladimir Zelenskiy va Ukraina “kelishuvga erishmoqchi”, deb aytdi va zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralar o‘tkazishga chaqirgan edi. Keyinroq "New York Post" gazetasiga Ukrainadagi “bema’ni” mojaroga barham berish konsepsiyasini ishlab chiqayotganini aytdi.
“Agar Trampning konsepsiyasi Rossiyaning geosiyosiy manfaatlarini hisobga olgan holda Ukrainada adolatli tinchlik o‘rnatishga mo‘ljallangan bo‘lsa, Zelenskiy rejimi uchun bunday tinchlikning boshlanishi evakuatsiya uchun signaldir”, — dedi Konstantinov RIA Novosti bilan suhbatda.
Uning fikricha, Ukrainaga terroristik rejimni yo‘q qilish, Ukraina aholisi uchun gumanitar va axborot erkinligini o‘z ichiga olgan tinchlik kerak. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
Tadqiqot: Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi
Isroilda bosh vazir Binyamin Netanyahu ustidan sud jarayoni boshlandi
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Tojikistonning Konibodomida bir oilaning 6 a’zosi o‘ldirib ketildi
O‘zbek shou-biznesi vakillari Halima Ibragimovani qanday xotirlamoqda?
Bashar Asadning yaqin qarindoshi osib o‘ldirildi