Dekabr oyi boshida Mayamida bo‘lib o‘tgan moda va san’at haftaligida rassom Ivens Sent Kler qiymati 1,2 million dollar bo‘lgan qimmatbaho ayollar sumkasini taqdim etdi. San’at asari sifatida baholangan noyob sumka o‘zining noodatiy dizayni va ishlab chiqarish tarixi bilan barcha mehmonlarni hayratda qoldirdi.
Foto: New York Post
Mazkur aksessuarni yasash uchun Sent Kler Yaponiyadagi mahalliy yog‘och o‘ymakorlari bilan uchrashishga qaror qilgan va u yerda ikki yil davomida ushbu san’at sohasi bilan yaqindan tanishgan. So‘ng olgan bilimlari asosida sumka uchun maxsus yapon yog‘ochidan o‘z qo‘llari bilan rama yasagan.
Sumkaning asosi Italiya charmi va kimono tikish uchun mo‘ljallangan noyob ipak matolari bilan ishlangan. Shuningdek, sumka oltin, zumrad va 18 karatli olmos toshlar bilan bezatilgan.
Foto: New York Post
Foto: New York Post
Ma’lum bo‘lishicha, bunday hashamatli aksessuarni ishlab chiqarish uchun rassom bir yildan ortiq vaqt sarflagan. Bu davr ichida sumka Yaponiya, Gvineya, Italiya va Turkiya bo‘ylab “sayohat qilgan” va mahalliy hunarmandlar uning maxsus dizaynini yaratishda o‘z hissasini qo‘shgan.
“Men hunarmandchilik san’atini hozirgi davrda ham o‘z qadrini yo‘qotmasligini va yanada rivojlanishini istayman. Bugungi kunda barcha narsalarni iloji boricha arzonlashtirish uchun Xitoyga yuboriladi, ammo haqiqatda noyob buyumlar ulgurji savdo uchun ishlab chiqarilmaydi. Men uzoq yillik sayohatlar, tadqiqotlar va innovatsiyalarimni ushbu asarlarga jo qildim, chunki men go‘zallikka, baxtga va mehnatim zoye ketmasligiga ishonaman”, deydi Sent Kler.
Foto: New York Post
Rassomning aytishicha, uning sumkalari sarmoya kiritish uchun eng yaxshi predmetdir, chunki oltin, olmos va qimmatbaho toshlarning qiymati yillar davomida faqatgina oshib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tojikistonning Konibodomida bir oilaning 6 a’zosi o‘ldirib ketildi
Tadqiqot: Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Isroilda bosh vazir Binyamin Netanyahu ustidan sud jarayoni boshlandi
Xonanda va aktrisa Selena Gomes turmushga chiqmoqda (foto)
Jizzaxda 1 mlrd so‘mlik qalbaki pullarni sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi