
Forbes jurnali 2024 yil natijalariga koʻra dunyodagi eng nufuzli 100 nafar ayol reytingini e'lon qildi. Reytingda Evrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen ketma-ket uchinchi marta birinchi oʻrinni egalladi.

Foto: Euronews.com
Roʻyxatning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi oʻrinlarini ham siyosatchi ayollar, xususan, Evropa markaziy banki raisi Kristin Lagard, Italiya Vazirlar kengashi raisi Jorjiya Meloni va Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum oldi.
Shuningdek, kuchli 10 talikka General Motors bosh direktori Meri Barra, Fidelity Investments rahbari va bosh direktori Ebigeyl Jonson, Accenture bosh direktori Juli Svit, Pivotal Ventures asoschisi Melinda Frensis Geyts, filantrop Makkenzi Skott va Citi bosh direktori Jeyn Freyzer kirdi.

Foto: People
Roʻyxatda musiqa san'ati sohasida oʻz oʻrniga ega boʻlgan Teylor Svift va Beyonse ham bor. Eng nufuzli ayollar reytingidagi estrada yulduzlari orasida Teylor Svift eng yuqori pogʻona — 23-oʻrinni egalladi. Xonanda Beyonsening shov-shuvli mojarolariga qaramay, ushbu reytingda u 35-oʻrinni egalladi. Milliarder boshlovchi Opra Uinfri 33-oʻrinni egallab, Beyonsedan oʻzib ketishga muvaffaq boʻldi. Xonanda Rianna esa 76-pogʻonadan oʻrin oldi.
Forbes jurnali 2004 yildan beri har yilning yakunida dunyoning eng nufuzli ayollari roʻyxatini tuzib keladi. Reyting taniqli jurnalistlar tomonidan tuziladi va unda har bir ayolning mashhurlik va iqtisodiy jihatdan dunyodagi oʻrni baholanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar