13:50 / 14.12.2024
9

So‘rov xulosasi: migrantlar uchun oila va bolalar eng oliy qadriyat

So‘rov xulosasi: migrantlar uchun oila va bolalar eng oliy qadriyat
© Sputnik / Kirill Kallinikov
"Migrant servis" ("Migrantlar xizmati") platformasi tahlilchilari 63 000 nafarga yaqin ishtirokchini qamrab olgan so‘rovnoma orqali Rossiyada ishlayotgan mehnat migrantlarining portretini aniqlashdi.

"Migrantlar uchun oila va bolalar eng oliy qadriyat. Ular o‘z xarajatlarini kamaytirib, asosiy e’tibor o‘z vatandagi oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratishadi”, — degan xulosaga kelishdi mutaxassislar so‘rov natijasida.

Undan ma’lum bo‘lishicha, Rossiyada ishlayotgan aksariyat migrantlar o‘rtacha 28 yoshli, turmush qurgan, O‘zbekiston (55%) yoki Tojikistondan (40%) kelgan musulmon erkaklar ekan. Migrantlarning 51 foizi uylangan, 28 foizi uylanmagan.

"Migrantlarning 67 foizi har chorakda pul jo‘natadi, 41 foizi esa daromadlarining 50 foizdan ortig‘ini jo‘natadi", — deyiladi ekspertlar xulosasida.

Migrantlarning aksariyati (83%) daromadarining o‘rtacha 10-20% patentga, 10% ijara to‘loviga, 10-30% oziq-ovqat va taransportga sarflaydi. Ularning (52%) hech qachon hordiq chiqarish tadbirlariga bormaydi yoki tejamkor dam olishni ma’qul ko‘radi. 45 foizi uyda vaqt o‘tkazadi yoki sayr qilishadi.

Mehnat migrantlarining yarmidan ko‘pi (53%) hech qachon tibbiy yordamga murojaat qilmaydi va tibbiy xizmatlarga umuman pul sarflamaydi (55%).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » So‘rov xulosasi: migrantlar uchun oila va bolalar eng oliy qadriyat