Foto: Dunyo
Kuala-Lumpur shahrida Malayziyaning Research House of Asia Media media kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan Osiyo mintaqasi mamlakatlarida tadbirkorlik hamda turizmni rivojlantirish bo‘yicha sotsiologik va marketing tadqiqotlari natijalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Malayziya hukumati a’zolari, 20 dan ortiq Osiyo davlati vakillari, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining yetakchi ishbilarmon doiralari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Marosimda 2024 yilda "Osiyoning eng yaxshi o‘ntaligi" va "Malayziyaning eng yaxshi o‘nligi" nominatsiyalari bo‘yicha erishgan yuksak yutuqlari uchun mukofotlar topshirildi.
"Yilning eng yaxshi yo‘nalishi" nominatsiyasida O‘zbekiston "Osiyoda 2024 yilgi eng yaxshi me’moriy meros sayohati yo‘nalishi" sifatida g‘olib deb topildi. Tegishli diplomni O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyevga Malayziya qiroli Sulton Ibrohimning singlisi Maryam Zahro topshirdi.
Mazkur nufuzli mukofot taqdimoti chog‘ida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston hududida YUNЕSKOning beshta jahon madaniy meros obyektlari mavjud. Qayd etilishicha, O‘zbekiston o‘zining milliy o‘ziga xosligini, ko‘plab islom madaniyati va me’morchiligi yodgorliklarini saqlab qola oldi. Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlar noyob tarixiy obidalari bilan mamlakat chegaralaridan tashqarida ham juda mashhur. Chunki, ushbu shaharlar tarixda Sharqning muhim davlat va ilmiy markazlari bo‘lgan. Mazkur mukofot O‘zbekiston hukumatining butun dunyodan tobora ko‘proq sayyohlarni jalb etayotgan tarixiy obidalarni asrab-avaylash borasidagi sa’y-harakatlarining e’tirofidir.
Top 10 of Asia boshqa nominatsiyalarida Livan (eng yaxshi milliy taomlar), Iordaniya (arxeologik meros), Kuvayt (barqaror rivojlanish), Indoneziya (tez rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti) va Tojikiston (eng yaxshi tabiiy resurslar) g‘olib bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Konstitutsiyaviy sud prokurorlarning ikkita vakolatini bekor qilishga chaqirdi
Netanyaxu Suriyaga bostirib kirish bilan tahdid qildi
Osiyo chempionati yakuni. O‘zbek boksi Osiyoda tengsiz bo‘ldi!