
Yaman poytaxti Sano sharqidagi terakt oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Portlash Mag‘rib viloyatining shu nomli ma’muriy markazida ro‘y berdi. Qo‘lbola bomba bundan bir necha kun avval halok bo‘lgan mamlakat qurolli kuchlari 3-harbiy okrugi qo‘mondoni, general-mayor Abd Rabbo ash-Shaddodiyni xotirlash marosimi o‘tkazilayotgan chodirda sodir bo‘ldi.
Marosimda mahalliy rasmiylar va armiya qo‘mondonligi vakillari qatnashgan. Halok bo‘lganlar orasida marosimni tashkil etgan generalning akasi ham borligi bildirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar