Foto: “RIA Novosti”
Rossiya tarkibida kelajakda yangi hududlar paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev xabar berdi.
Medvedevning bayonoti “Yagona Rossiya” partiyasi qurultoyida yangragan. U Ukrainaga tegishli bo‘lgan Donetsk, Lugansk, Zaporoje hamda Xerson viloyatlari keng ko‘lamli bosqin paytida Rossiya tomonidan bosib olinganiga ishora qilib, bu davom etishi mumkinligini aytgan.
Medvedev “yangi hududlarni” Rossiya tarkibiga kiritishda shunday “integratsiya” tajribasidan foydalanish mumkinligini ta’kidlagan. Biroq qaysi hududlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan.
"Bu hududlarning (Ukrainaning bosib olingan yerlari) salohiyati to‘liq ro‘yobga chiqarilishi kerak. Biz bu bilan xalq dasturi doirasida shug‘ullanamiz. Unga “Yangi hududlarni rivojlantirish” bo‘limi kiritilgan. Aytgancha, agar mamlakatimiz tarkibiga yana yangi, lekin bizga juda yaqin hududlar qo‘shilsa, bu tajribadan kelajakda ham foydalanish mumkin. Axir bu ehtimoldan xoli emas", degan Medvedev.
Medvedevning hududiy da’volari
Iyun oyida u Ukrainani o‘z ichiga olgan Rossiya xaritasini namoyish qilgandi. Rossiya bayrog‘i sharqdan boshlanib, g‘arbiy chegaralarni, shu jumladan, Ukrainaning butun hududini ham qamrab olgan.
Mart oyida Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari “Ukraina — Rossiya” tushunchasini to‘g‘ri deb atagandi. Shuningdek, Medvedev Ukrainaning Rossiya va yana uch davlat tomonidan bo‘linishi xaritasini ko‘rsatgandi. Xaritada Vinnitsa viloyati Ruminiyaning bir qismiga, Ujgorod Vengriyaga, Lvov Polshaga, Ivano-Frankivsk, Jitomir va qolgan hududlar esa Rossiyaga qo‘shilishi aks etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
AQSHda qiymati 1,2 mln dollarlik ayollar sumkasi taqdim etildi (foto)
AQSH tahlilchilari Trampdan Markaziy Osiyoga e’tibor qaratishni so‘radi
Tramp AQSH raketalari bilan Rossiyaga chuqur zarbalar berishga qarshi chiqdi
Bashar Asad oilasining boyligi 12 mlrd dollarga yetishi mumkin
Isroil egallab olgan Jo‘lan tepaliklari qanday strategik ahamiyatga ega?