"Bugungi kunda Yevropa Ittifoqining mamlakatimizga (Rossiyaga – tahr.) qarshi joriy qilgan turli shakldagi sanksiyalaridan ko‘rgan zarari, amaldagi hisob-kitoblarga ko‘ra, 1,5 trillion yevrodan oshadi. Bu Yevropa Ittifoqi qilgan siyosiy tanlovning badalidir”, degan Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Aleksandr Grushko TASS muxbiriga bergan intervyusida.
Mulozimning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi “o‘z-o‘zini yo‘q qilish yo‘lidan bormoqda”, Rossiya iqtisodiyoti esa “sanksiyalarga moslashib olgan”. “Sanksiyalarni joriy etish bilan hech qanday geosiyosiy maqsadlarga erishib bo‘lmaydi”, degan Grushko, “Agar Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan har qanday iqtisodiy hamkorlikdan butunlay voz kechib, jahon iqtisodiyotidan “uzilib” ketmoqchi bo‘lsa, bu Yevropa Ittifoqining tanlovidir”.
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Moskva “bunday munosabatlardan manfaatdor bo‘lgan hamkorlar bilan” iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Vengriyaning YEI Kengashidagi vakolatxonasi Yevropa Ittifoqining 27 davlatining doimiy vakillari Ukrainadagi mojaro tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 15-paketi, jumladan, Rossiya neftini tashuvchi xorijiy tankerlarga qarshi choralar bo‘yicha kelishib olgani haqida xabar bergan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Chet el valyutalarining yangi kursi belgilandi
Qatar Masters turnirida 3-o‘rinni olgan Nodirbek Abdusattorov qancha pul ishlab topdi?
Oliygoh rektorlari kambag‘al oiladan 4 ming nafar yoshlarni o‘qitishga bosh-qosh bo‘ladi
Toshkent viloyatida qariyb 700 mln so‘mlik gaz o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi