Migratsiya agentligi ma’lum qilishicha, so‘nggi vaqtlarda Koreya Respublikasiga vaqtincha ishlash uchun borgan fuqarolar orasida o‘z ish joyini sababsiz tashlab ketish holatlari uchramoqda.
Bu esa O‘zbekistonga ajratiladigan ishchi kvotalar soniga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, O‘zbekistondan borgan ishchilarning imiji tushib ketishiga sabab bo‘lmoqda.
Shu bois, Koreyaga ishlash uchun borayotgan har bir yurtdoshimiz ketish oldidan uch tomonlama shartnomaga imzo chekmoqda.
Shartnomada: “Agarda o‘z ish joyimni sababsiz tashlab ketib, nolegal faoliyat yuritadigan bo‘lsam, meni kafillikka olayotgan shaxs, ya’ni yaqin qarindoshimdan Koreyada nolegal yurgan har bir oyim uchun 2000 AQSH dollaridan (hozirgi vaqtda) jarima undirilishiga roziman”, deyiladi.
Jumladan, Koreyaga ishlash maqsadida ketgan va shartnoma shartlarini buzgan qashqadaryolik fuqaro M.A.ning kafilidan sud qaroriga asosan MIB 70 mln 392 ming so‘m undirgan.
2024 yilning o‘tgan davrida o‘z ish joyini sababsiz tashlab ketgan qariyb 80 nafar O‘zbekiston fuqarolarining kafillari tomonidan davlatga 2 mlrd 35 million so‘m jarima undirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Xorazm viloyatida 6 kgdan ortiq giyohvandlik vositalarini saqlayotgan shaxslar aniqlandi
Panjobda O‘zbekiston mahsulotlari uchun saqlash ombori barpo etiladi
AQSHda qiymati 1,2 mln dollarlik ayollar sumkasi taqdim etildi (foto)