08:52 / 17.12.2024
34

Bashar Asad Suriyaga qancha oltin qoldirgani ma’lum bo‘ldi

Bashar Asad Suriyaga qancha oltin qoldirgani ma’lum bo‘ldi
Suriya Markaziy bankida hozirgi bozor qiymati taxminan 2,2 mlrd dollarga teng 26 tonna oltin saqlanmoqda. Bu haqda Reuters o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.

Agentlik aniqlik kiritishicha, Suriya MB valyuta zaxiralari naqd pulda 200 mln dollarni tashkil etmoqda. Sobiq va amaldagi suriyalik amaldorlarning so‘zlariga ko‘ra, dollar zaxiralari deyarli tugab bitgan. Bank ombori portlashlardan himoyalangan, uni ochish uchun kodlar ketma-ketligi va uchta kalit kerak, ular har xil odamlarning qo‘lida, dedi manbalardan biri. Damashq muxolifatchilar qo‘liga o‘tganidan so‘ng, bir necha kun o‘tib, Suriya yangi ma’muriyatining vakillari kelib, bankni ko‘zdan kechirishgan.

Avvalroq Financial Times gazetasi ag‘darilgan prezident Bashar Asad hali hukumat tepasida bo‘lgan 2018-2019 yillarda Suriya MB Moskvaga millionlab dollar naqd pul ortilgan bir nechta samolyotni jo‘natgani haqida yozgandi.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oxirlarida mahalliy muxolifatning qurolli guruhlari faollashishi oqibatida Suriyada siyosiy vaziyat tanglashgandi. Muxolifat 8 dekabrga o‘tar kechasi poytaxt Damashqni egallagach, Bashar Asad boshqaruv davri tugagani e’lon qilingan.

Ayni paytda Bashar Asad va uning oilasi Moskvada panoh topgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bashar Asad Suriyaga qancha oltin qoldirgani ma’lum bo‘ldi