Foto: picture-alliance/Newscom
AQSH Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR harbiylari allaqachon Rossiya Federatsiyasining Kursk oblastida Ukraina qo‘shinlari bilan jang qilmoqda va birinchi yo‘qotishlarga uchragan. Bu haqda 16 dekabr, dushanba kuni Pentagon vakili general-mayor Pet Rayder ma’lum qildi.
«Biz Shimoliy Koreya askarlari Kurskdagi janglarda qatnashganiga ishonamiz, ular ham halok bo‘lgani, ham yarador bo‘lganiga oid dalillar mavjud», — deya Rayder so‘zlarini keltirgan Reuters. Pentagon vakili yo‘qotishlar haqida aniq ma’lumot bermadi.
Kiyev: KXDRning kamida 30 harbiysi halok bo‘lgan yoki yaralangan
Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) shu kuni birgina 14 va 15 dekabrda Shimoliy Koreya armiyasi bo‘linmalari Kursk oblastida kamida 30 kishini yo‘qotganini ma’lum qilgan. Bosh razvedka boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yo‘qotishlar KXDR harbiylari tomonidan Sudja rayonidagi Plexovo, Vorojba va Martinovka qishloqlari hududida Ukraina qurolli kuchlari pozitsiyalariga qilingan hujum paytida ro‘y bergan. Bundan tashqari, Kurilovka qishlog‘i hududida, ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning uch nafar harbiy xizmatchisi bedarak yo‘qolgan.
«Yo‘qotishlar tufayli hujum guruhlari Kurskda faol jangovar harakatlarni davom ettirish uchun KXDR armiyasining 94-alohida brigadasidan yangi shaxsiy tarkib bilan to‘ldirilmoqda», deb yozadi Ukraina razvedkasi hisobotida.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham kechki videomurojaatida Shimoliy Koreya harbiylarining Kursk oblastidagi janglarda ishtiroki haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rasmiylari KXDR jangchilari orasida yo‘qotishlarni yashirishga harakat qilmoqda. «Koreyslarning bu urushda o‘lishi uchun hech qanday sabab yo‘q. Yagona sabab — urushni kuchaytirayotgan aqldan ozish», — deya ta’kidladi Zelenskiy.
RF «harbiy muxbirlari»: KXDR askarlari Kursk oblastida jang qilmoqda
Shimoliy Koreyadan kelgan askarlar Kursk oblastining Plexovo qishlog‘ini egallab oldi. Bu haqda 12 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining bir qancha «harbiy muxbirlari» xabar berishdi.
Vladimir Romanovning ta’kidlashicha, qishloq «faqat Shimoliy Koreya maxsus operatsiyalar kuchlari tomonidan» qo‘lga olingan. «Ikki soat ichida. Bu bo‘ronga o‘xshaydi», deb yozgan «harbiy muxbir». Unga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari 300 dan ortiq askarini yo‘qotgan.
6 dekabr kuni Kursk yo‘nalishidagi Plexovo haqiqatan ham Koreya jangchilari tomonidan qo‘lga kiritildi. Minalangan maydon orqali 2 km yurib, yashin tezligida kirib borishdi, — deydi Yuriy Kotenok. Uning ta’kidlashicha, «operatsiya taxminan 2,5 soat davom etgan» va shimoliy koreyaliklar «o‘lgan va yaralanganlarni o‘zlari bilan olib ketishgan». “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Omadli yo‘lovchiga jamoat transportidan 1 yil bepul foydalanish kartasi berildi
Bolgariya va Ruminiya 1 yanvardan Shengen zonasiga to‘liq qo‘shiladi
Eron prezidenti majburiy hijob to‘g‘risidagi qonunga veto qo‘ydi
Yevropa Ittifoqi Suriyaga insonparvarlik yordami uchun havo ko‘prigi tashkil qiladi
Germaniya parlamenti Olaf Sholsga ishonchsizlik votumi e’lon qildi
Britaniyadagi tadbirkor vatandoshlar O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritadi