Hindiston polisiyasi Kashmirda 150dan ortiq kabutarni Pokiston razvedkasiga ishlashda gumon qilib qo‘lga olgan. Bu haqda Khaleej Times nashriga asoslanib "Kun.uz" xabar tarqatdi.
Shubhali yuk mashinasi chegara yaqinida to‘xtatilgan. Unda halqa taqilgan va pushti ranglarga bo‘yalgan qushlar solingan qutilar topilgan.
Hodisa Jammu va Kashmir shtatlari hududida ro‘y bergan. Huquq tartibot organlari bu vaqtda vodiyda shubhali harakatlarni tekshirish bo‘yicha amaliyot o‘tkazayotgandi.
Hozirda Hindiston huquq tartibot organlari bu qushlar Pokiston chegarasi orqali josuslikda foydalanilgani bo‘yicha gumonni tekshirmoqda.
Qushlar juda yomon sharoitlarda saqlangan. Tekshiruvlar yakunida ular ozodlikka qo‘yib yuborilishi mumkin.
3 oktyabr kuni Hindiston polisiyasi bosh vazir Narendra Modiga tahdidli maktub eltayotgan kabutarni hibsga olgandi.
qush Panjob shtatida, Pokiston bilan chegara yaqinida aniqlangan. Bu erda jangarilar yanvar oyida Hindiston harbiy bazasiga hujum uyushtirgandi. Polisiyachilar kabutarda «Modi, biz 1971 yildagi odamlar emasmiz. Hozir har bir bola Hindiston bilan kurashishga tayyor» degan matnli xat bo‘lgan. Mazkur maktubga «Lashkar-i-Toyyiba» guruhi muallif bo‘lgani taxmin etilgan.
Eslatib o‘tamiz, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar terrorchilar Kashmirdagi hind harbiylariga hujum qilib, 18 kishini o‘ldirganidan so‘ng murakkablashdi. Hindiston tomoni bunda Pokistonni aybladi. Mazkur hodisadan so‘ng nazorat chizig‘ida bir necha bor otishmalar yuz berdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi