Foto: AFP
Falastinning HAMAS harakati 17 dekabr kuni Qatarda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha jiddiy va ijobiy muzokaralar o‘tkazilganini aytdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, agar Isroil o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi shartlar qo‘yishni to‘xtatsa, kelishuvga erishish mumkin bo‘ladi. HAMAS bu borada Qatarda yahudiy rasmiylari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tganini aytdi. Muzokaralar vositachi davlatlar — Qatar va Misr homiyligida o‘tkazilgan.
"O‘t ochishni to‘xtatish va asirlarni ayirboshlash to‘g‘risidagi kelishuvga erishish faqat bosqinchi yangi shartlar qo‘ymagan taqdirdagina mumkin bo‘ladi", deyiladi HAMAS bayonotda.
2023 yil noyabr oyida HAMAS va Isroil mahbuslarni ayirboshladi va G‘azo sektorida vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishga erishdi. Isroil taxminan bir hafta davom etgan o‘t ochishni to‘xtatishdan so‘ng G‘azoga hujumlarini qayta boshladi. HAMAS yuzga yaqin isroillik asirni ushlab turgani aytilmoqda.
Urush bir oy ichida tugashi mumkin
G‘azo sektoridagi o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga bir oy ichida erishish mumkin. Bu haqda muzokaralardan xabardor manbalarga tayanib, The Jerusalem Post xabar berdi. Muzokaralarda sezilarli yutuqlarga erishilgan.
HAMASning asosiy xavotiri shundaki, Tramp AQSH prezidenti lavozimini rasman egallaganidan keyin 40-60 kun davom etishi taxmin qilingan kelishuvning bir bosqichida uning buzilishi ehtimoli mavjud. HAMAS shu sababli 20 yanvar kuni saylangan AQSH prezidentining inauguratsiyasiga qadar Isroil bilan shartnoma tuzishga harakat qiladi.
Foto: UNICEF
Isroil hujumi oqibatida G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 45 ming kishidan oshdi. Qurbonlar orasida 17 ming nafar bola bor. 11 ming bedarak yo‘qolgan, ular vayronalar ostida qolib ketgani taxmin qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
AQSH Suriya chegarasida turk qo‘shinlari to‘planayotganidan xavotirda