Foto: Reuters
CNN xabariga ko‘ra, AQSH prezidentligi uchun saylovda saylovchilar kollegiyasi Donald Tramp uchun rasman 312 ta ovoz berdi. G‘alaba qozonish uchun kamida 270 ta ovoz to‘plash kerak edi. Uning raqibi Kamala Harris esa 226 ta ovoz to‘pladi.
Donald Trampning prezidentlik saylovida g‘olib chiqqani 6 noyabrda e’lon qilingan bo‘lsa-da, buni saylovchilar kollegiyasi rasman tasdiqlashi ham talab etilar edi. Ta’kidlanishicha, Tramp uchun eng ko‘p ovozni texasliklar berishdi.
2025 yilning 6 yanvarida ovozlarni rasman hisoblash marosimi o‘tkaziladi. O‘sha kuni Donald Tramp AQSHning navbatdagi prezidenti, Jey Di Vens esa vitse-prezident deb e’lon qilinadi. Inauguratsiya marosimi 2025 yil 20 yanvar kuni o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Ukraina yana bir yirik shahridan ayrilish arafasida...