Foto: AFP
Impichment e’lon qilinganidan keyin vakolatlari to‘xtatilgan Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol isyonga urinish ishi bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi tergov departamentida so‘roqqa kelmadi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
So‘roq bugun bo‘lib o‘tishi kerak edi. Tergov guruhi prezident vakillari orqali va pochta orqali chaqiruv qog‘ozlarini topshirishga harakat qildi, biroq kotibiyat va Yun xavfsizlik xizmati ularni qabul qilmadi.
Korrupsiyaga qarshi tergov boshqarmasi boshlig‘i O Don Vun huquq-tartibot idoralari xodimlari qonun doirasida chora ko‘rishini aytdi. Endi tergov prezidentni hibsga olishga order berish yoki uni qayta so‘roq qilish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Prokuratura parallel ravishda o‘z tergovini olib bormoqda va Yun Sok Yol 15 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan birinchi sud majlisiga kelmagani uchun ikkinchi so‘roqqa chaqiruv e’lon qildi.
14 dekabr kuni Janubiy Koreya Milliy assambleyasi Yun Sok Yolga impichment e’lon qildi. U davlatga xiyonat va harbiy holat joriy etishga urinishda ayblanib, tergov qilinmoqda.
Prezidentning daxlsizligi isyon aybloviga taalluqli emas va Yun sud hukmi chiqqunga qadar hibsga olinishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Tramp o‘z inauguratsiyasiga yana ikki davlat prezidentini taklif qildi
Yevropada keksa kishilarni aldagan firibgarlar tarmog‘i fosh etildi