Foto: Financial Times
Turkiya Isroilning Golan tepaliklari aholisini ikki baravar ko‘paytirish rejasini qoraladi. Yahudiy davlati bunga javoban Turkiyani Suriya hududlarini tizimli ravishda bosib olishda aybladi.
Isroil Tashqi ishlar vazirligi Turkiyaning 2016, 2018 va 2019 yillardagi harbiy operatsiyalarga ishora qildi.
"Turkiya muntazam ravishda Suriya hududiga bostirib kirdi va bu jarayon 2016, 2018 va 2019 yillardagi harbiy operatsiyalardan boshlanib, bugungi kungacha davom etmoqda. Turkiya Suriya milliy armiyasi kabi qurolli guruhlar tomonidan nazorat qilinadigan proksi-zonalarni yaratdi", deyiladi Isroil TIV bayonotida.
Isroil diplomatik idorasi hozirda Suriya hududining qariyb 15 foizi Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kuchlar nazoratidaligini ta’kidladi.
"Ushbu hududlarda turk valyutasi ishlatiladi, turk banklari va pochta xizmatlari faoliyat yuritadi", deya ta’kidladi yahudiy davlati Tashqi ishlar vazirligi.
Isroil, shuningdek, Turkiyani Suriyadagi kurdlarga qarshi kuchlarni qo‘llab-quvvatlashda ham aybladi.
Suriyada okkupatsiya haqida gapirishi mumkin bo‘lgan eng oxirgi davlat Turkiyadir, deyiladi vazirlik bayonotida.
Isroil Golan tepaliklaridagi aholisi sonini ikki baravar oshirmoqchi
Isroil hukumati Suriyaga tegishli bo‘lgan Golan tepaligining o‘zi tomonidan bosib olingan qismida isroillik aholi sonini ikki barobarga ko‘paytiradi. Bu hudud 1967 yildan buyon Isroil Mudofaa kuchlari nazorati ostida turibdi.
Isroil hukumati bu qaror “urush va Suriyani ifodalovchi yangi front nuqtayi nazaridan” qabul qilinganini ma’lum qildi. Bashar Asad boshqaruvi qulashi ortidan Isroil armiyasi Golan tepaliklarida tashkil etilgan qurolsizlantirilgan bufer zona ichkarisiga o‘z qo‘shinlarini kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi