13:40 / 19.12.2024
13

Rossiyada 2024 yilda har 10 ta nikoh tuzilishiga 8 ta ajrashish to‘g‘ri keldi

Rossiyada 2024 yilda har 10 ta nikoh tuzilishiga 8 ta ajrashish to‘g‘ri keldi
Rossiyada 2024 yilda har 10 ta nikoh tuzilishiga 8 ta ajrashish to‘g‘ri keldi. Bu haqda Forbes Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (VTSIOM) bosh direktorining maslahatchisi Yelena Mixaylovaga asoslanib xabar berdi.

Mixaylovaning ta’kidlashicha, yangi nikohlar va ajrashishlar nisbati mamlakatda eng yomon nuqtasiga yetib keldi. Ajrashishlar ko‘rsatkichi bo‘yicha Rossiya dunyoda uchinchi o‘ringa chiqdi. Bu rasmiy nikoh instituti qadri pasayishi bilan bog‘liq trend.

«Bu bugungi kunnigina aks ettirmaydigan, uzoq muddatli trend. Fuqarolar davlatdan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlov olish maqsadida oilaviy maqom yasashga urinayotganiga guvoh bo‘lyapmiz», — dedi Mixaylova.

Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada 2020 yilda 564 704 ta ajrashish qayd etilgan. Ajrashishlar 2021 yilda — 644 209, 2022 yilda — 682 850, 2023 yilda — 683 796 taga yetgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada 2024 yilda har 10 ta nikoh tuzilishiga 8 ta ajrashish to‘g‘ri keldi