10:42 / 20.12.2024
20

Tramp va Shols telefon orqali Ukrainadagi urushni muhokama qildi

Tramp va Shols telefon orqali Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Foto: Picture Alliance
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi juda uzoq davom etmoqda. Germaniya kansleri Olaf Shols va AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp 19 dekabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti chog‘ida shunday fikrga kelishdi, deb xabar bermoqda Germaniya hukumati matbuot xizmati.

Germaniya kanslerining rasmiy vakili Shteffen Xebeshtrayt ta’kidlaganidek, «Yevropadagi xavfsizlik muammolari suhbat markazida bo‘lgan». «Ular Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi juda uzoq davom etayotgani va imkon qadar tezroq halol, adolatli va barqaror tinchlik o‘rnatish yo‘lidan borish muhimligi haqida kelishib oldilar», — dedi Xebeshtrayt.

Shols nemis kompaniyalarini Ukrainaga sarmoya kiritishga chaqirdi

Germaniya kansleri Olaf Shols 11 dekabr kuni Berlinda Germaniya-Ukraina iqtisodiy forumini ochar ekan, nemis kompaniyalarini Ukrainaga ko‘proq sarmoya kiritishga chaqirdi. «Agar siz bugun va kelgusi yillarda Ukrainaga sarmoya kiritsangiz, demak, siz Yevropa Ittifoqining bo‘lajak a’zosiga investitsiya kiritgan bo‘lasiz», dedi Shols. U Germaniya va Ukraina o‘rtasidagi birinchi qo‘shma korxonalar mudofaa sanoatida allaqachon paydo bo‘lganini qo‘shimcha qildi. «Menimcha, bu dinamik ravishda davom etishi kerak», dedi Shols.

Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, urushdan keyin Yevropa Ukrainadagi iqtisodiy o‘sish sur’atlari va rivojlanish imkoniyatlarini ko‘radi, «bu ilgari faqat so‘nggi yigirma yil ichida Yevropa Ittifoqiga qo‘shilgan Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida kuzatilgandi». Germaniya iqtisodiyoti ushbu muvaffaqiyat tarixida katta rol o‘ynadi va ulardan foyda ko‘rdi, deb davom etdi Shols. «Men Ukrainaga nisbatan ham shunga o‘xshash narsani xohlayman», deb xulosa qildi kansler.

Hammasi bo‘lib, uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada 2000 ga yaqin nemis kompaniyasi ishlaydi. «Ularning ko‘pchiligi qo‘shimcha sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Siz mamlakatni qayta tiklashga yordam beryapsiz», — dedi Shols. Kansler Ukrainaning YEIga qo‘shilishidan oldin hali ko‘p yo‘l bosib o‘tishi kerakligini ta’kidladi. Biroq, bu jarayon «Ukraina nafaqat madaniy va siyosiy jihatdan Yevropaga tegishli ekanligiga, balki Yevropa Ittifoqiga a’zo davlat bo‘lishiga – undan kelib chiqadigan barcha huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishiga ishonch paydo qiladi».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp va Shols telefon orqali Ukrainadagi urushni muhokama qildi