Rossiya armiyasi 20 dekabr kuni ertalab rossiyalik harbiylar Kiyevga ballistik raketa bilan hujum uyushtirdi. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, kamida 10 kishi yaralangan.
Foto: BBC
Kiyev harbiy ma’muriyati va Kiyev meri Vitaliy Klichko jarohatlangan kamida 10 kishidan olti nafari kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qildi. Ukraina Harbiy havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya ertalab soat yettida Kiyevga beshta “Iskander-M” ballistik raketasini uchirgan. Ukraina harbiylariga ko‘ra, barcha raketalar urib tushirilgan.
Foto: BBC
Kiyevning Goloseyevskiy, Dneprovskiy, Solomenskiy va Shevchenkovskiy tumanlariga raketa parchalari tushgan.
“Goloseyevskiy tumanida ikki kishi jarohatlangan, issiqlik trassasi shikastlangan, bir nechta avtomobil yonib ketgan”, deb xabar berdi Kiyev meri Vitaliy Klichko.
Kiyev ma’muriyatining ma’lum qilishicha, 630 ta turar joy binosi, 16 ta shifoxona, 17 ta maktab va 13 ta bolalar bog‘chasi issiqlik trassasining shikastlanishi sababli issiqlik ta’minotisiz qolgan.
Solomenskiy va Shevchenkovskiy tumanlarida yong‘in sodir bo‘lgan.
Foto: BBC
Hujum Kiyevdagi Nikolay cherkoviga ham zarar yetkazgan. Dronlardan birining vayronalari Desnyanskiy tumanidagi noturar joy hududiga qulagan.
Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyevga berilgan zarbalarni Ukraina Qurolli Kuchlarining 18 dekabr kuni Rostov viloyatidagi Kamenskiy kombinatiga ATACMS va Storm Shadow raketalari bilan uyushtirgan hujumiga javob deb atadi (Ukraina tomoni bu bayonotga izoh bermadi).
Qayd etilishicha, 20 dekabr kuni Rossiya hujumining nishoni Kiyevdagi “Luch” konstruktorlik byurosi va Ukraina xavfsizlik xizmati qo‘mondonlik punkti bo‘lgan.
Foto: BBC
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, barcha maqsadlarga erishildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Turkiy davlatlar feyk va dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashadi
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
Putin Suriyadagi vaziyatdan foyda ko‘rgan davlat nomini aytdi
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Britaniya Ukraina askarlarini tayyorlash uchun Ukrainaga o‘z instruktorlarini yuboradi