Foto: “Report.az”
“Yettilik guruhi” (G7) davlatlari Rossiya neftiga narxlar cheklovlarini kuchaytirish variantlarini muhokama qilmoqda. Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘rib chiqilayotgan chora-tadbirlar qatorida amaldagi narx chegarasini bir barrel uchun 60 dollardan 40 dollargacha pasaytirish yoki Rossiya neftini tashish hamda sug‘urtalashni to‘liq taqiqlash ham bor. Biroq manbalarning ta’kidlashicha, muhokamalar davom etmoqda va yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.
Agentlik manbalarining ma’lum qilishicha, mamlakatlar ushbu mavzuni muhokama qilishda mumkin bo‘lgan iqtisodiy ta’sirlarni, shuningdek, dengiz xavfsizligi masalalarini ko‘rib chiqishga tayyor.
Avvalroq AQSH moliya vaziri Janet Yellen Vashington va uning ittifoqchilari Rossiya nefti narxini pasaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgandi.
15 dekabr kuni Kerch bo‘g‘ozida mazut yuklangan Rossiyaning ikkita tankerlari shikastlangan edi. Ulardan biri cho‘kib ketgan, ikkinchisi Taman porti yaqinidagi qirg‘oqdan 18 m naridagi sayoz joyga to‘xtagan.
Tankerlar jami 9,2 ming tonna mazut tashigan. Hodisa oqibatida neft mahsulotlari to‘kilishi sodir bo‘ldi, Anapa va Krasnodar o‘lkasining bir qator aholi punktlarida favqulodda holat rejimi joriy etildi.
Mutaxassislar Mazutning sizib chiqishi Qora dengiz uchun eng katta ekologik falokatga aylanishi mumkinligidan ogohlantirdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, dengizga 4,2 ming kub metrdan ortiq neft mahsulotlari to‘kilgan bo‘lishi mumkin.
17 dekabrga o‘tar kechasi Kerch bo‘g‘ozida Rossiyaning yana bir “Volgoneft” tankeri falokat signalini yuborgani xabar qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Putin Suriyadagi vaziyatdan foyda ko‘rgan davlat nomini aytdi
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
General Kirillovning qotillik ishi ochilishida O‘zbekiston tomoni ham ishtirok etadi
Rossiyalik harbiylar Kiyevga ballistik raketa bilan hujum qildi
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda