
Bir necha kun avval, Xitoyning Shandun provinsiyasida 6 oyoqli oppoq qo‘zichoq dunyoga keldi.
Xonadonida ana shunday g‘aroyib qo‘zichoq tug‘ilgan xitoyliklar qo‘zichoqni tasvirga tushirib, videoni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirishdi.
Ushbu tasvirlarda qo‘zichoq oyoqlarining ko‘pligi sababli, u o‘zini bazo‘r tik tutib turgani ko‘rinib turibdi. Egasining so‘zlariga ko‘ra, ona qo‘y birvarakayiga bir nechta qo‘zichoqni dunyoga keltirgan. Ulardan uch nafari nobud bo‘lgan. Old chap oyog‘ida anomaliya bo‘lgan bu qo‘zichoq esa tirik qolgan.
Mutaxassislar bu kabi holatlar gen o‘zgarishi yoki e’tiborsiz qoldirilgan kasalliklar tufayli yuz berishini aytishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar