Foto: CNN Brasil
Braziliyaning janubi-sharqida avtobus yengil avtomobil va yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 38 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN Brasil telekanali mahalliy o‘t o‘chirish xizmatiga tayanib xabar bermoqda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, fojia 21 dekabr kuni ertalab Minas-Jerays shtatida yuz bergan. San-Pauludan kelayotgan avtobus yengil avtomobil va yuk mashinasi bilan to‘qnashgandan so‘ng, yong‘in chiqqan. Aniqlanishicha, avtobusda 45 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
“Yo‘lovchilarning 13 nafari tirik holda topilgan va tibbiyot muassasasiga yetkazilgan. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishga va YTH vayronalari ichidan 22 nafar qurbonlarning jasadlarini olib chiqdi”, deyiladi xabarda.
Foto: CNN Brasil
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, avariya avtobus g‘ildiragi yorilishi ortidan sodir bo‘lgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yuk mashinasiga borib urilgan.
“Orqada kelayotgan yengil avtomobil ham avtobus bilan to‘qnashib ketgan, biroq mashina salonidagi uch nafar yo‘lovchi tirik qolgan”, deya aniqlik kiritdi telekanal. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jakartada "Imom Buxoriy: O‘zbekiston islom san’ati" ko‘rgazmasi ochildi
Putin Suriyadagi vaziyatdan foyda ko‘rgan davlat nomini aytdi
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
Ilon Mask: “Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”
Germaniyada Rojdestvo yarmarkasida terakt sodir etildi
Turkiy davlatlar feyk va dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashadi
Mask Ukrainaga yordam berishni AQSHning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi