Foto: AP Photo
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urushni tugatish uchun Arktikadan foydalanishi mumkin. Bu haqda Responsible Statecraft sharhlovchilari ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, Tramp Moskvaga Arktika mintaqasida infratuzilmani birgalikda rivojlantirishni taklif qilishi mumkin. Bu siyosatchining Rossiya bilan muzokaralardagi asosiy “quroli” ekani ta’kidlangan.
“AQSHning yangi administratsiyasi status-kvoni o‘zgartirish va Rossiyani jangovar harakatlarni to‘xtatish zarurligiga ishontirish imkoniyatiga ega. Buning uchun Arktikada rag‘batlantiruvchi omillar talab etiladi — bu, shubhasiz, prezident Vladimir Putinning qiziqishini uyg‘otadi”, deyiladi xabarda.
Qo‘shma Shtatlarda Arktikada savdo yo‘llarini rivojlantirishi mumkin bo‘lgan resurslar mavjud. Biroq buning evaziga Vashington Moskvadan Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatishni so‘raydi. Shuningdek, Tramp Shimoliy dengiz yo‘lidan sanksiyalarni olib tashlashi va ushbu loyihaga G‘arb investitsiyalarini jalb qilishi mumkin.
“Ushbu tashabbus "nafaqat tinchlikni Sharqiy Yevropaga qaytarishga, balki umuman Eski dunyo istiqbollarini jonlantirishga yordam beradi”, deydi sharhlovchilar.
AQSHdagi 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda Tramp 312 ta, Harris esa 226 ta ovoz oldi. G‘alaba qozonish uchun esa 270 ta ovoz olish lozim edi. Tramp rasman 2025 yil 20 yanvarda davlat rahbari lavozimiga kirishadi. U prezidentlik davrida urushni 24 soat ichida tugatishni va’da bergandi, shuningdek, Ukrainaga harbiy yordam ajratilishini tanqid qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada Rojdestvo yarmarkasida terakt sodir etildi
General Kirillovning qotillik ishi ochilishida O‘zbekiston tomoni ham ishtirok etadi
Mask Ukrainaga yordam berishni AQSHning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Jakartada "Imom Buxoriy: O‘zbekiston islom san’ati" ko‘rgazmasi ochildi
Putin Suriyadagi vaziyatdan foyda ko‘rgan davlat nomini aytdi
Turkiy davlatlar feyk va dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashadi
Ilon Mask: “Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”