13:40 / 23.12.2024
12

Ukraina ombudsmani: Rossiya askarlari ukrainalik harbiy asirlarni otib tashladi

Ukraina ombudsmani: Rossiya askarlari ukrainalik harbiy asirlarni otib tashladi
Foto: Telegram / dmytro_lubinetzs
Rossiya askarlari besh ukrainalik harbiy asirni otib tashladi, dedi 22 dekabr, yakshanba kuni Ukraina Oliy radasining inson huquqlari bo‘yicha vakolatli vakili Dmitriy Lubines.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qatl videosi general-korner Mark Bezruchko nomidagi Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlarining 110-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi taktik bo‘linmasi tomonidan tarqatilgan.

Ukraina ombudsmanining so‘zlariga ko‘ra, gap «taslim bo‘lgan askarlarning ehtimoliy qatl etilishi» haqida ketmoqda. «Ukrainalik harbiy asirlarni otib tashlagan rossiyalik harbiy jinoyatchilar xalqaro tribunal oldiga chiqib, qonunda nazarda tutilgan eng og‘ir jazoga tortilishi kerak», — dedi Oliy rada vakili.

Lubines voqea haqida BMT va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga xabar qilishga va’da berdi.

Kiyev: RF qo‘shinlari asirga olingan yana besh ukrainalikni otib tashladi

Kiyev Ukrainaning Donetsk oblastida RF qo‘shinlari tomonidan sodir etilgan urush qoidalarining navbatdagi buzilishini tekshirmoqda. Gap rossiyalik harbiylar tomonidan Pokrovsk yo‘nalishida besh nafar ukrainalik harbiy asirning qatl etilishi ehtimoli haqida bormoqda, deb xabar qildi Ukraina Bosh prokuraturasi 26 noyabr kuni o‘zining Telegram-kanalida.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa noyabr oyida, Rossiya qo‘shinlari Petrovka qishlog‘i yaqinidagi Ukraina Qurolli kuchlari pozitsiyalariga bostirib kirgan bir vaqtda yuz bergan. Aholi punkti Pokrovsk yo‘nalishida joylashgan bo‘lib, u yerda Rossiya Federatsiyasi kuzda ma’lum muvaffaqiyatlarga erishdi.

«Hujum natijasida Ukraina Qurolli kuchlarining besh nafar askari chekinishga va xususiy uyga yashirinishga majbur bo‘ldi, rus harbiylari ukrainalik himoyachilarni qurolsiz qoldirib, yerga yotishga majbur qilgan. Ular xalqaro gumanitar qonunlarni buzgan holda ukrainalik asirlarni avtomat qurollardan o‘qqa tutdi», — deyiladi Ukraina Bosh prokuraturasi bayonotida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina ombudsmani: Rossiya askarlari ukrainalik harbiy asirlarni otib tashladi