0
Rossiya Qozog‘istonda 7 mln dollarlik firibgarlik ishida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi
Foto: Videodan kadr
Qozog‘iston juda ko‘p miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini Rossiyadan ekstraditsiya qildi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh prokuraturasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, gumonlanuvchi 2005 yildan 2007 yilgacha Olmaota qurilish kompaniyasida buxgalter bo‘lib ishlagan va hujjatlar bilan qayd etilmagan qalbaki kvitansiyalarni yozgan. Uning harakatlari natijasida 80 dan ziyodan inson jabr ko‘rgan va yetkazilgan zarar miqdori 3,7 milliard tengedan (7 million dollar) oshgan.
Gumonlanuvchining sheriklaridan biri sudlangan, o‘zbekistonlik ayol esa jinoyatni sodir etganidan keyin yashiringan, shu bois u xalqaro qidiruvga berilgan.
Rossiya huquq-tartibot idoralari 2023 yil oxirida Krasnodar viloyatida ushbu fuqaroni qo‘lga olgan va Qozog‘iston Bosh prokuraturasining so‘roviga muvofiq ayolni ekstraditsiya qilishga kirishgan.
Ayni vaqtda gumonlanuvchi tergov izolatoriga joylashtirilgan. Qozog‘iston qonunchiligiga ko‘ra, u qilgan jinoyati isbotlansa, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi va mol-molki musodara qilinishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Alisher Usmonov urush boshlanganidan buyon qanday qilib 13,4 mlrd dollarga boyidi?
Panama prezidenti Trampning tahdidlariga qanday javob qaytardi?
Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi
Germaniyada Rojdestvo yarmarkasida terakt sodir etildi
Ekspert: Rossiyaga qarshi sanksiyalardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston ko‘proq foyda ko‘rdi
Mask Ukrainaga yordam berishni AQSHning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi
Ilon Mask: “Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”