Foto: MoD UK
Buyuk Britaniya armiyasi ilk bor quruqlik, havo va dengizdagi tahdidlarni aniqlashga hamda bartaraf etishga qodir radiochastota yo‘naltirilgan energiya qurolini (RFDEW) muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi, deb xabar beradi The Telegraph.
«Dushman dronlarini radioto‘lqinlar yordamida urib tushiruvchi qurol Britaniya harbiylari tomonidan qo‘llab ko‘rildi. U 900 metrgacha uzoqlikdagi nishonni bir zumda zararsizlantirishga qodir», — deyiladi xabarda.
RFDEW dronlarning elektron komponentlarini ishdan chiqarib, ularni qulashga majbur qiladigan yuqori chastotali radioto‘lqinlar asosida ishlaydi.
Sinov Qirollik artilleriyasi va Havo hujumidan mudofaa bo‘linmasi poligonida o‘tkazilgan. Qurolning turli jangovar ssenariy va sharoitlarda samaradorligi tekshirib ko‘rilgan.
Muhandislar mazkur qurolning o‘ziga xosligi uning narxida ekanini aytmoqda — dronga ko‘rsatilgan bitta radioto‘lqinli ta’sir 10 pensga tushadi. Tizimni harbiy mashinalarga ham o‘rnatish mumkin, uni boshqarishga bitta odam kifoya qiladi.
Mudofaa xaridlari vaziri Mariya Igl sinovning muvaffaqiyatli o‘tkazilganini Buyuk Britaniya uchun innovatsion suveren qurol yaratishdagi qadam deb atadi. Tizim Thales UK konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan va mamlakatda 135 ta ish o‘rnining yaratilishiga xizmat qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Panama prezidenti Trampning tahdidlariga qanday javob qaytardi?
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Alisher Usmonov urush boshlanganidan buyon qanday qilib 13,4 mlrd dollarga boyidi?
Ekspert: Rossiyaga qarshi sanksiyalardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston ko‘proq foyda ko‘rdi
Germaniyada mashinada odamlarni bosib ketgan erkak bunga izoh berdi
Bojxona postidan chaqalog‘ining kiyimlariga dori yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
Yetti ming yillik g‘alati haykalcha topildi
Marjona Abdumutalova Osiyo chempionati oltin medaliga sazovor bo‘ldi