15:00 / 24.12.2024
34

Ukraina Moskvagacha yetib boradigan dronlar ustida ishlayotgani aytildi

Ukraina Moskvagacha yetib boradigan dronlar ustida ishlayotgani aytildi
Foto: France24
Ukraina kelajakda G‘arb yordamida muammolar yuzaga kelishi mumkinligi fonida o‘z raketa sanoatini rivojlantirmoqda. Ishlab chiqilayotgan raketalardan biri “Trembita”dir. Bu haqda The Economist xabar berdi.

“Trembita” 400 km/soat tezlikka erishishi mumkin va 200 kilometr masofani uchib o‘ta oladi. Biroq, Moskvagacha yetib bora oladigan kattaroq model ham ishlab chiqilmoqda. Seriyali ishlab chiqarish yakuniy dala sinovlaridan keyin boshlanishi mumkin. E’tiborli jihati shundaki, odatda qurolni loyihalashdan jang maydoniga yetkazishgacha ko‘p yillar ketsa-da, ishlab chiquvchilar bunday natijaga atigi bir yarim yilda erishdi.

- “Trembita” dvigateli — 1944 yilda birinchi marta nemis V-1 bombasida qo‘llanilgan 200 dollarlik impulsli reaktiv dvigatelning zamonaviy talqinidir. Dvigatel trubasi hozircha xomaki ko‘rinishda, - deyiladi xabarda.

Sovet davrida Ukraina kosmik va raketa innovatsiyalari sohasida jahon yetakchisi edi. Dnepr shahrida joylashgan “Yujmash” zavodida to‘rt avlod strategik raketalar ishlab chiqarilgan. Ammo bu 1994 yilgacha, Budapesht memorandumiga ko‘ra, Ukraina xavfsizlik kafolati evaziga o‘zining yadroviy kichik ballistik raketalarini bergunga qadar davom etdi.

Ukraina raketa dasturining tafsilotlari puxta saqlanadi va buning jiddiy sabablari bor. Rossiya ishlab chiqarish quvvatlariga tinmay hujum qilmoqda. 2023 yil dekabr oyida bir nechta qanotli raketalar Kiyevdagi “Neptun” raketa zavodiga uchirildi. 2024 yil noyabr oyida esa Rossiya o‘zining “yangi” mintaqalararo ballistik raketasi “Oreshnik” bilan Dneprdagi “Yujmash”ni nishonga oldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Moskvagacha yetib boradigan dronlar ustida ishlayotgani aytildi